Bismillohir rohmanir rohiym!
Tashabbuslaringiz tahsinga loyiq, umrlaringiz bundanda ziyoda bo'lsin! Ertalabdan beri ushbu mavzuni kuzatib turibman. Bu fayzli iftorlik qayerda va qachon bo'larkin deb. Hech e'lon qilmaganlaringizga sabrim chidamay muddoimni aytishga jazm qildim. Men hozir O'zbekistonda emasman, ammo shu oyning oxirida InshoOlloh dou qilib yuborsalaringiz eson omon borib olsam, samimiy suhbatlaringizga oshna, tashkillashtirayotgan dasturxonlaringizning mehmoni bo'larmidim. Balkim men borguncha, InshoOlloh ikki uch iftorlik qilishga ham ulgursalaringiz ajab emas. Agar Xudo taqdir qilgan bo'lsa, uchrashamiz. Sizlar bilan yelkama yelka turib namoz o'qish kaminai kamtaringa ham nasib qilsin,Ilohim! (deb siz ham duo qilib qo'ying.)