Ilm va ziyo > Internet

O'zimiz sayt yaratamiz!

(1/9) > >>

Usmon:
Bu mavzu sayt yaratishga bag'ishlanadi.

Saytni localhost (o'z kompyutermizda) loyihalashtirishdan tortib, to hostingga qo'yguncha barcha qadamlar haqida atroflicha ma'lumot berishga harakat qilaman va barcha qiziqqanlarni davraga taklif aylayman.

Shunaqilib, boshladik bo'masa....


P.S. Usmon Toship bu sohada profilikka da'vogar emas :-)

Usmon:
Qandaydir sayt yaratish fikri ko'pchilikda paydo bo'lgan bo'lsa kerak... Masalan, biror mavzuga bag'ishlangan o'zimizning saytimiz bo'lsa, uning o'ziga yarasha auditoriyasi bo'lsa, dilkash insonlar deganday.... yoki bo'lmasa tijorat maqsadida... yoxud, masalan, o'z firmamizning vizitka sayti va h.k....

Shunday qilib bu borada Birinchi qiladigan ishimiz avvalo istakning paydo bo'lishi :-) Bu endi tabiiy hodisa, bizga bog'liq emas, qolganlarini esa o'zimiz amalga oshiramiz.

Ikkinchi qo'yadigan qadamimiz sayt maqsadini, uning konceptini, strukturasini, taxminiy auditoriyasini, moliyaviy manbaini aniqlab olish bo'ladi. Qisqa qib aytganda ishlab turgan saytmizni ko'z oldimizga keltira olishimiz kerak, bu qog'ozga tushirilgan bo'lsa, undan-da yaxshi.

Usmon:
Endi maqsad aniq, koncept bor...boshni qashiymiz....

Bu yerda o'zimiz tayyorlaydigan bo'lsak ham, yo'limiz 2ga bo'linishi mumkin:
1) Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanamiz ...
masalan, Adobe Muse 0.8 Build 653, A4DeskPro Website Builder 5, Adobe Dreamweaver degandey.... Bularni mana bu joydan olishingiz mumkin.
2) Tayyor divijok (CMS - content management system) olib, uni lokalizatsiya (tarjima) qilib o'zingizga moslab ishlatishingiz mumkin.

Men 1-so'qmoqdan umuman yurmaganim uchun u haqda biror narsa deya olmayman..

Ashindey qilib... Uchinchi qiladigan ishimiza... Saytimiz mazmuni va mantig'iga qarab dvijok tanlash!

Usmon:
Dvijoklar har hil - bepuli ham bor, sotiladigani ham...
Endi biza studentmiza... Bir porsa osh, 24ta qoshiq digandeyy...

Xullas, tekinlari (opensource) ichidan bizga eng mos keladiganini tanlaymiz..Masalan.. menga eng yoqadigani Joomla, uning yordamida butun boshli portallar yaratib tashlasa bo'ladi.. Shaxsiy blog uchun Wordpressdan afzali bo'lmasa keray, Bundan tashqari forumlar uchun phpb3 yoki smf... Dvijoklar haqida sal batafsilroq ma'lumot mana bu threadda bor: Qaysi dvijokni tanlay?

Usmon:

Mana 4-qadamgayam keb qoppiz....Dvijok tanlash marosimi tugadi... demak birortasini tanladik. Men o'zimning Joomlamni tanladim...

Tabiiyki endi uni yuklab olamiz... odatda dvijoklar juda "og'ir" emas... Bor-yo'g'i 5-6 MB .. bor ana 10 MB bo'ladi xolos...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version