Bilmam, nima,
Sen tomonga
xayolimni buradi,
"œtopib ber -, deb —
quvonchimni",
Ahvolingni so’radi.
Bilmam, nima,
Xislarimni
uyg’otishni boshladi,
Kunim nursiz,
Tunlarimni bedor qilib
Tashladi.
O’sha narsa
Bir zumgina
Nigohingni tutsaydi,
O’yim bilan
O’zimniyam
birga olib ketsaydi"¦
Bilmam, nima,
g’ijimlaydi
Chap tarafim tinmasdan.
Qaysar juda,
Tinch qo’ymaydi,
zorimgayam
Ko’nmasdan"¦
Bilmam, nima,
Orzu, havas,
niyatlarni to’ldirar,
Yuzimga dam g’am soladi,
Dam beg’ubor kuldirar.
Bilmam, nima,
bir umrga
Mehrlaring qistaydi,
Shu davrda seni faqat,
Xursand ko’rmoq istaydi,
Bilmam, nima,
Undamoqda
she’r yozishga qalbimni.
Nima qilay,
Kerak so’zni
Topolmasam - aybimmi?
Bilmam, nima,
Xijronga yov —
Visolga-chi, mushtarak.
Zir yugurar,
Lek joyidan,
Siljimaydi bu yurak"¦
Bilmam, nima,
Yolvormoqda,
Poylarimga cho’kib zor,
So’ng jimgina,
Sen tarafga,
Ko’z tikadi,
Intizor"¦
Bilmam, nima —
Sog’inchmikin?
(c)