ZiyoUz Mehmonxonasi arxivi  ( 357476 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 97 B


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:22:18

 Monday 01/10/2005 7:05:00pm
Ismi sharifingiz:    Bahodir Hamzayev
Mamlakat/shahringiz:    South Korea
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum Davronbek, sog'ligingiz, ishlaringiz yaxshimi?
Uzr kech bo'lsa-da Yangi 2005 yil bilan tabriklayman! Yangi yil yurtimizga, oilalarimizga tinchlik-osoyishtalik, shodlik, farovonlik olib kelsin!
Men hali ham ishlab chiqarishdan ajralmagan holda "stajirovka"daman.
Og'ir ishdan charchab chiqqanda ko'proq "Ziyo-uz.land.ru"ga tashrif buyurib turaman. Vatandan yuroqda bu sayt menga ancha hamroh bo'ldi.
Tan olish kerak "Ziyo-uz.land.ru" sayti kundan-kunga qiziqarli bo'lib bormoqda. Men kutganim: Navoiy, Bobur, Cho'lpon she'rlarini , sayt kutubxonasidan ajoyib asarlarni o'qish imkoniyatiga ega bo'ldik. Kelgusida Ahmad Yassaviy hikmatlaridan va Furqat ijodidan ham saytga joylasangiz juda xursand bo'lardim...
Internet orqali insonlarga ma'rifiy ziyo ulashishdek xayrli ishni amalga oshirayotganingiz uchun sizga ko'pdan-ko'p rahmat! Doim sog'-salomat bo'ling.

Davronbek: Waalaykum assalom Bahodir aka! Bildirgan tilaklaringiz uchun tashakkur. Xudo hohlasa yaqin kunlarda Hoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"laridan saytimizga joylaymiz. Furqat ijodiyotidan ham tayyorlasak, sizga ma'lum qilamiz. Sizga ham ishlaringizda rivoj tilayman. Alloh hamisha hamrohingiz bo`lsin!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:22:34

 Monday 01/10/2005 7:57:45pm
Ismi sharifingiz:    Tolib
Mamlakat/shahringiz:    Rakhmatov
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh! Kelayotgan Qurbon hayiti bilan muborakbod etish va shu bilan birga sahifa haqida mulohazalarimni o'rtoqlashish niyatidaman. Avvalo, sahifa, ayni vaqtda yaratilgan. Shuni ta'kidlamoqchimanki, bu saytning borligini yaqinda bildim. O'zbek tilida islomiy saytlarning yaratilgani ayniqsa xorijiy tilni bilmaydigan ammo Allohning hohishi bilan boshqa yurtlarda yurgan birodarlarimizning diniy ilmlarini ziyoda qilish hamda muqaddas ilohiy kitob Qur'onning ona tilidagi ma'nolarini o'qishga imkon berish barobarida, sahifa mehmonlari unda hadislar va boshqa diniy ilmlar, shuningdek, islom olamidagi yangiliklardan voqif bo'la oladilar. Shu o'rinda, ayrim fikr mulohazalarimni bildirmoqchiman.
1. Subhanalloh, Qur'oni karimning o'zbekcha sahifasida, Yosin surasining 11 va 18 oyatlarida orfografik xatoga yo'l qo'yilganiga duch keldim. Ya'ni, "Q" harfi o'rniga "J" harfi qo'llanilgan. Inshaalloh, kelgusida shu kabi kamchiliklardan yiroq bo'linsa, boshlagan xayrlik ishlaringizning savobi yanada ziyoda bo'lur.
2. Saytingizda, jahonda ilmni o'rganish orqali islomni tanigan va yakka-yu yagona Allohga imon keltirgan ilm ahli namoyandalari haqida, ularning islom haqidagi fikrlari haqida (xususan, Amerika astronavti Armstrong, Jak iv Kusto kabilar) to'xtalinsa, (iloji bo'lsa, inglizchada ham) iymonga kirgan yangi musulmon birodarlarimizga namuna bo'lgan bo'lar edi deb, o'ylayman. Yana bir bor sayt xodimlariga o'zimning chuqur hurmat ehtiromimni izhor etib, birodaringiz Tolib.

Davronbek: Waalaykum assalom Tolib aka! Sizni ham kelayotgan iydal adha bilan tabriklayman. Dinimiz, jamiyatimiz, xalqimiz haqida qayg`urishlaringizni ko`rib rosa xursand bo`ldim. Saytimiz haqidagi fikrlaringiz uchun ham tashakkur. Inshoolloh, hali ko`p rejalarimiz bor. Ikkinchi taklifingizga kelsak, xudo hohlasa siuz aytgan ilm namoyondalari haqida ham yoritamiz. Hozircha esa saytimizda sobiq rok qiroli, hozirda esa Yusuf Islom nomi bilan jahonga mashhur Kat Stivens haqida, yoshligida xristianlar ustidan kulganda, ularni sindirishga ilm o`rgangan va ularning hamma da'volarini puchga chiqargan afrikalik olim Ahmad Diydot haqida maqolalar berganmiz. Shularni o`qib chiqishni taklif qilaman. Wassalamu alaykum

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:23:03

 Monday 01/10/2005 9:36:27pm
Ismi sharifingiz:    Mehri
Mamlakat/shahringiz:    Iowa , Pleasantville
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Ziyo-uz saytiga gap yo'q. Lekin ko'proq kuy qo'shiqlardan bo'lsa yomon bo'lmasdi. (musiqasi bilan)

Davronbek: Rejada bor. Mustaqil domen va xostingga o`tganimizdan so'ng bo`ladi, xudo hohlasa.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:23:11

 Tuesday 01/11/2005 5:37:49pm
Ismi sharifingiz:    Sevinch Holmirzayeva
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston, Andijon
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Sizni saytingiz juda yoqdi. Unda yoritilgan hamma mavzu o`ziga xos yaratilgani menga yoqdi. Hamma hammasi to`grisi sizlarni saytingiz ziyo bolgani uchun o`zimizning Islom dini haqida va ayollarni qizlarni hozirgi kundagi holatlarini yozsangizlar undan ham zo`r bo`lardi. Ularni kamsitib emas, to`gri yo`l ko`rsatib demoqchiman. Meni to`gri tushunasizlar degan umiddaman.

Davronbek: Hozirgi kundagi qizlarimizning ahvolotlari haqida bir qancha maqolalar berganmiz. Agar saytimizda ko`rgan bo`lsangiz "Gunohlar yo`lini to`saylik", "Sevgi nima?" degan maqolalar bor. Ularda esa aynan siz aytayotgan mavzular yoritilgan va ularning yechimi berilgan.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:23:25

 Friday 01/14/2005 10:20:00am
Ismi sharifingiz:    Kamoliddinxuja Abdurahim hoji o'g'li
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston/ Toshkent shahri
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Bu saytni "topganim"dan juda xursand bo'ldim. Yo'nalishlari ko'p, ayniqsa islom sahifasi ibratli hikoya, maqolalarga boy. Men ularni printerdan chop etib, oila a'zolarimga va jiyanlarimga o'qish uchun beraman. Lotin alifbosida ekanligi bir tomondan yosh avlod uchun qulay bo'lsa,ikkinchi tomondan katta avlod (masaln, meni ota-onam)uchun biroz qiyinchilik tug'diradi. Umuman olganda bu saytdan men juda qoniqdim.

Davronbek: Saytimizni asosan yoshlar uchun mo`ljallaganimiz bois, unga yoshlarni qiziqtiradigan, ularni to`g`ri yo`lga boshlaydigan materiallar berishga harakat qilayapmiz. Menimcha, hozirgi yoshlar lotinchada qiynalishmaydi. Bildirgan fikrlaringiz uchun tashakkur.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:23:40

 Friday 01/14/2005 2:10:48pm
Ismi sharifingiz:    Davlasther Sharipov
Mamlakat/shahringiz:    Namangan, O'zbekiston
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://efendim.blogspot.com/
Fikr-mulohazalaringiz:    Sizga aytsam, sayt zo'r. Ayniqsa o'zbek tilidagi bunday ma'lumotlarning internetda ko'payishi quvonarli. Lekin sayt nomlanishida kamchilik bor. Ya'ni sayt ZIYO.UZ deb nomlangan, vaholanki, www.ziyo.uz ga kirsangiz, Ziyo Internet Provayderning saytiga kirib ketasiz. Bu saytning URLsi esa ziy0-uz.land.ru
To'grisini aytsam, buning ja ahamiyati yo'g-u, baribir men bir kuni saytingizni ochaman deb rosa xunob bo'ldim-da! :-)

Davronbek: Ha, biz insonlarga ziyo ulashish maqsadida ochgandik bu saytni. Nomini ham shunga moslagandik. Albatta siz aytgan muammo bor. Sayt nomini qisqartirish kerak. Toki, muxlislar uchun qulay bo`lsin. Xudo hohlasa amalga oshiramiz.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:23:48

 Friday 01/14/2005 7:25:06pm
Ismi sharifingiz:    Zafar
Mamlakat/shahringiz:    Urgut
E-mailingiz:    Zafarbek_1.msn.com
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Qoyilman!!!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:24:19

 Saturday 01/15/2005 0:54:34am
Ismi sharifingiz:    Shahzoda G`ofurova
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston, Andijon
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Sizni saytingizga omad tilayman. Saytingizdagi siz aytgan o`sha mavzularni o`qigandim. Yanada ko`proq shular haqida yozinglar demoqchi edim...
Sizlarda sevgi haqidagi mavzular ham bor ekan. Ularni yana ham boyitsangiz zo`r bo`lardi. Men sizlarga omad tilab qolaman.

Davronbek: Saytimizda siz aytgan mavzudagi materiallar kamroq. Lekin she'rlarni topsa bo`ladi. Sizda ham shunday maqola, she'rlar bo`lsa jo`natsangiz sizning nomingizdan saytga kiritib yuboramiz.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:24:27

 Saturday 01/15/2005 12:50:08am
Ismi sharifingiz:    Kamoliddinkhuja Abdumalikov
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston/Toshkent shahri
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum va rahmatulloh!
Hurmatli Davronbek, avvalambor, sizga http://ziyo-uz.land.ru saytining doimo boshqarib borishizda Allohdan kuch-quvvat va aql-idrokingizga yanada barakotlar tilayman. Ilohim ota-onangiz va yoru-birodarlaringiz bahtiga sog'-salomat bo'ling, ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.
Sizdan bir narsani so'ramoqchi edim: Bu sayt sizning shaxsiy mualliflik saytingizmi yoki Toshkent Islom Universiteti qoshidagi ZIYO studiyasi bilan bog'liqmi yoinki "Ma'rifat" ro'znomasiga qarashlimi?

Davronbek: Vaalaykum assalom va rahmatulloh!
Bildirgan tilaklaringiz uchun tashakkur. Sizga ham omad va zafarlar yor bo`lsin!
Ziyo-uz.land.ru saytining Toshkent Islom univrersiteti yoki Ma'rifat gazetasiga aloqali joyi yo`q. Mustaqil sayt.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:24:45

 Tuesday 01/18/2005 10:55:51am
Ismi sharifingiz:    AbdulAziz
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    
Ziyo istagan qalblar uchun...Davronbek:Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuhu wa mag`firotuhu.
Dear my sister and brothers. How are you, how are your health/work/study?
Today great sacred day. Today holiday by all Ummati Islam. Today, second of those two holidays, which give Great Allah to muslims Eidal Adha or Eidal Kurban. Today muslims are going together, meeting each other with feeling of pleasure and brotherhood.
This sacred day we recollect an eternal history of victim (kurbanlik), i.e. story the Prophet Ibrahim (aleyhissalam). Ibrahim (aleyhissalam) in dream sees, that Great Allah ordered to him to give back in a victim of the son Ismail (aleyhissalam). This dream has repeated three times three next night. We know, that dream of the Prophets - true being one of kinds of revelation.
Today a holiday. It is your holiday, it is our holiday.
From morning you will go to pray solati iyd. After that you will congratulate all your friends, parents with a great holiday. Is it happy days -ya?
I congratulate you with a Eidal Adha!!!
Eidal adha mubarak!!!
I wish you all success and all happiness from most Merciful Allah!
Allah be with you.
Let Allah will be pleased you (Allah sizdin razi olsun).
I shall do you dua.
You too make to me dua.
Your brother
Davronbek /AbdulAziz/
Hj 1424, 9 zulhijja
Tashkent

Qayd etilgan