Bugungi kun mulohazalari  ( 1484808 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 ... 296 B


Habib  09 Sentyabr 2010, 05:01:00

Mana Ramazon oyi ham ohirladi. Dillarga halimlik, nafsga sokinlik bergan qutlug' oyning so'nggi kunlarida turibmiz.
Alloh barchamizni keyingi Ramazonga omonlikda yetkaz! Qatorimizdan xato bo'lmasdan, tinch-omonlikda yetiw nasibi ro'za aylasin! Yurtimiz tinch bo'lsin,osmonimiz musaffo bo'lsin!

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2010, 05:43:35

:amn:

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2010, 06:03:23

:as:

Tong... Musaffo havo...

Qanday go'zal, qanday ajoyib a...

SubhanAlloh! Butun shaharda qushlarnin chug'urlashi jaranglayapti.. Go'yo ular: "Solih Kun muborak!" deyayotgandek..

Hozir ko'prikdaman, atrofni tomosha qilib o'tiribman..

Uzoq va yaqinlarda qushlarning parvozi ko'zga tashlanadi..

Quyosh ham tezroq o'z nurlarini taratish umidida sekin asta bosh ko'taryapti..

Alhamdulillah... Alloh Alloh, qushlarning ovozi yanayam balandlashdi..

Mana, sekin asta odamlar ham paydo bo'la boshladi..

Bugungi Kunim mana shunday ajib ibtido qildi. InshaAlloh, uning davomini ham shunday go'zal qilgan bo'lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Sentyabr 2010, 13:27:31

Bizdan rozi bo'ling, Mohi Ramazon!

O'z uyingda, ota-onang, yaqinlaring bilan ramazonning so'nggi kuni, haitning arafasini nishonlash qanday baxt...

...Hammaning yuzida tabassum-u, lekin buvim hadeb yig'lardilar... Hayron bo'lib, ularning yonlariga bordim. Ular go'ya menga e'tibor bermas, hadeb: "Bizdan rozi bo'ling, yo mohi Ramazon, rozi bo'ling, hafa bo'lmasdan keting, ey mohi Ramazon. Sizni hurmatizi joyiga qo'yolmagan bo'lsak, bizdan rozi bo'ling. Bizdan rozi bo'ling..." - deya takrorlardilar. Bu holat odatda peshindan to asrga qadar davom etardi.
 
Asr namozidan keyin ayollar osh qilishga va bugungi bayramona, so'nggi iftorlikka unnashardi. Shomga yaqinlashadi. Hammamiz to'planamiz. Shunda buvimdan haligi holat haqida so'rayman. Buvim:
"Atigi yilda bir marta keladigan Ramazon oyini rozi qiloldikmi? Bu Oy bizdan xafa bo'lmadilarmi, shuni o'ylab, tafakkur qilgandim..."

Asta-sekin qo'shnilardan osh chiqadi, biz ham osh tarqatamiz. O'zim qo'shnilarga olib chiqib beraman. Ziyofatdan keyin Qur'on tilovat qilinadi. Shukronalar aytiladi, duolar qilinadi:
Bizdan rozi bo'ling, ey Mohi Ramazon!

12.10.2007

Qayd etilgan


UzMuslim  09 Sentyabr 2010, 22:49:54

 :bsm:
Haqiqatdan Ham Bugungi Kun Juda HAM Quvonchli Kunlardan Biri Bo'ldi...Kechagina Marhaba Ya Ramazon Deb TUrgandik Bugun Esa Ramazon Oyining Oxirgi Kechasi..
 Bugun Ishga Bordim,Hamma Choyda Bayram Quvonchi..Qani Edi Barcha Kunimiz Mana Shundey Quvonch BIlan O'tsa Edi...
Alloh Taolo tugtgan Ro'zalarimizni O'z Dargohida Qabul Etsin.Qilgan Kamchilik va Hatolarimizni O'zi KEchirsin,Kelasi Yili mana Shu Kunlarga Sog' Salomat YEtishlik Barchamizga Nasib Etsin. :amn:.
Iydi Ramazon Muborak....

Qayd etilgan


siddiqa  13 Sentyabr 2010, 01:59:27

Fatvolar taqvoga ushatildilar,
 ikki hil yo'l berib yumshatildilar,
yig'lang ayo do'stlarim silkinib
shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar .

Endi ko'ngil qilar neni hohlasin,
Taqvoda turibon o'zin oqlasin ,
Yig'lab so'rang endi Xudo saqlasin .
shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar .

Qayd etilgan


BelleQizcha  13 Sentyabr 2010, 03:43:23

Yoninga kulib gapirishsa-de, orqadan bomagan gaplarni ashula qib etishsa juda yomon illat-de shu...

Qayd etilgan


Habib  13 Sentyabr 2010, 10:16:39

shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar .
Ha, nimasini aytasiz, go'yo Sulaymon o'ldi, devlar qutuldi.
Arafa kuni ichganlarni ko'rdik, ertasiga Hayitda ichganlarni ko'rdik...
Behisob shukr shunaqalardan qilib qo'ymagani uchun!

Qayd etilgan


BelleQizcha  13 Sentyabr 2010, 17:46:33

Kecha forum.islom.uzga kirib turman shu disela,... Birinchi tasurotlarni shu yerga yozishga qaror qildim: chunki u yerga yozsam, tuzini yep tuzug'iga tupurmaasin diyishmasin-de.

Ishqib pishqib, juda-juda qubol so'zlar yozisharkan, hamma bir-biriga huddi dushman-de, balki hazil-dur, mavzu qob kettib hamma off-top, Ziyouzda bitta offtopchi BelleQizcha bo'sa u yerda, BelleQizcha ko'paytiruu o'n.
Ishqib ziyouzga yetmasakan, ziyouzdagi pishirilgan osh va damlangfa ko'k choylarga manimcha hech qayer yetmiydi, etmoqchi bo'gan gapim Yoningdan oqqan suvni qadri yo'q eyy qadri yo''q digan ashula bolardi..

Qayd etilgan


Habib  14 Sentyabr 2010, 10:01:38

Yahshimas unaqa deyish, juda noto'g'ri.
U forum bilan bu forumni taqqoslamang! Ikkisi boshqa boshqa.

Qayd etilgan