Joynamoz bilan suhbat..
Qishning sovuq kechalaridan birida dunyo ishlaridan charchab xorigan Abdulloh yotog'ida qattiq uyquga ketdi..
Bamdoddan ozgina oldin kuchli chanqoqdan uyg'onib ketdi. Endigina turib suv ichib kelmoqchi edi ham-ki yerdan chiqayotgan inqillash ovozidan hayron bo'lib turib qoldi. U yoq bu yoqqa qaradi, birdan ovoz tinib qoldi.. Turib suv ichidida yana yotog'iga qaytdi. Inqillash ovozi yana chiqa boshladi bu safar juda qattiq edi huddi yig'i ovoziga o'xshardi.. Yerni silab-silab "joynamoziga" bordi ovoz tindi.. Bundan xayratlanib :
- Joynamozim sen inqillayotganmiding? deb so'radi..
- Ha..
- Nega?!
- Chanqoqdan uyg'onib ketding, suv ichib nafsingni qondirding.. Men ham chanqadim lekin chanqog'imni bosadigan odam topa olmadim!!
- Bir piyola suv olib kelib berishimni istaysanmi?
- Yo'q.. Mening chnqog'im bu suv bilan qonmaydi.. Meni chnqog'imni tavba qilguvchi obid insonlarning ko'z yoshlari qondiradi..
- Men senga bunday turli suvni qayerdan topib berishim mumkin?
- Mana shu meni yig'lashimning sababi.. Tur ey Abdulloh Alloh uchun tun zulmatida ikki ra'katgina namoz o'qigin, qabr zulmati va jazosidan qutilishinga sabab bo'lsin.. Ozgina vaqt qoldi undan keyin bamdodga azon aytiladi..
- O'z holimga qo'ygin "joynamozim"..
- Ey Abdulloh bamdod namoziga turgin toki u qalb va ruh uchun hayot demakdir.. Ana azon vaqti bo'ldi "namoz uyqudan afzal" deb qaytarishlik uchun.. Sen har kun kecha-yu kunduz dunyo nidolariga javob berasan-u Aziz Qahhor zotning nidosiga javob bermaysanmi?!
- Jahli chiqib dedi: Joynamozim uxlashga qo'ygin.. O'zing ko'rasan-ku xar kuni charchab xorigan xoldagina uyga qaytaman. Keyin yopinchig'ini olib ko'ksiga yopdi issiqlikni his qilib rohatlanib uyqu sultoniga o'zini topshirdi..
- Abdulloh dunyo uchun dining uchun berganingdan ko'proq berishga rozi bo'lasanmi?
Hukm qilgan tarzda: - Jim bo'l ey joymanozim.. Iltimos boshqa gapirma.. Men juda ham charchaganman uyqum kelayapti..
Abdullohning gaplaridan ta'sirlangan joynamoz jim bo'lib qoldi.. Keyin hafa bo'lgan tarzda: Ooohh bamdod erkaklari.. oooh bamdod erkaklari deb qo'ydi..
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning :
"Do'zah olovi quyosh chiqishi va botishidan oldin namoz o'qigan odamga tegmaydi" (bamdod va asr namozlari) degan gaplarini eshitmaganmisan?! (Muslim rivoyati)Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Kim ikki salqin (bomdod va asr namozi)ni o'qisa. Jannatga kiradi" ( Buxotiy va Muslim rivoyatlari).Yana boshqa hadisda aytdilarki:
"Munofiqlarga og`ir bo`lgan namoz hufton va bomdoddir. Odamlar u ikkisida bo`lgan narsa (yaxshilik) larni bilsalar e`di, e`maklab bo`lsada kelar e`dilar" (Muttafaqun alayh). Abdulloh g'aflatidan ozgina chalg'ib: - Rostdan ham bomdod namozi juda muhim..
- Tur ey Abdulloh.. Tur..
- InshaAlloh ertagadan boshlayman.. Faqat bugun meni tinch qo'y, uhlay qolay juda charchaganman..
Joynamoz hafa bo'lib "Savobli amallarga cho'kmagan odamga har qanday holda og'ir" deb qo'ydi..
- Turaqol Abdulloh ertaga qabringda ko'o'p uhlaysan.. Gaplarim va nasihatlarimni esla.. Dedi va uni o'z xoliga qo'ydi..
Abdulloh uxladi.. Bu uning xayotidagi eng uzun uyqusi edi.. Ruhi o'sha soatdayoq jasadidan chiqan edi..
Manba'a