MAAT — qadimgi misrliklarda adolat va odil sudlov ilohasi.
MARDUK - Mesopatamiyada butun olamni yaratuvchi bosh xudo. Bobil homiysi. U bosh homiylikka ma"œbuda Tiamatni yengib erishgan.
MASSAGETLAR (yunoncha Massagetai) - Kаspiy dеngizining shаrqiy sоhili, Оrоl dеngizi аtrоflаri, Аmudаryo vа Sirdаryoning quyi оqimidа mil. avv. VIII-IV аsrlаrdа yashаgаn ko"œchmаnchi vа boshqa qаbilаlаr guruhining yunоn аdаbiyotlаridа uchrаydigаn umumlаshmа nоmi. Massagetlar to"œg"œrisidа fаndа turli хil qаrаshlаr mаvjud. Аyrim оlimlаr fikrichа, "œMassaget" nоmi "œmasyo" - "œbаliq" so"œzidаn kеlib chiqqаn bo"œlib, "œbаliqхo"œrlаr" mа"œnоsini аnglаtgаn. Bоshqа bir fikrgа ko"œrа, "œMassaget" аtаmаsi "œmаs", "œsаkа" vа "œtа" so"œzlаridаn tаrkib tоpib, "œsаklаrning kаttа uyushmаsi"ni bildirgаn. Uchinchi bir tахmingа ko"œrа, "œMassaget" so"œzi "œmаzа gеtlаr" — "œulug"œ gеtlаr" dеgаni bo"œlib, massagetlarning o"œzi esа qadimgi хitоy mаnbаlаridаgi "œdа (kаttа) yuеchjilаr" bilan аynаn bir хаlqdir. Gеrоdоtning yozishigа ko"œrа, massagetlar - ko"œchmаnchilаr. Ulаr piyodа vа оtdа jаng qilаdilаr, оtlаrining ko"œkrаklаrigа sоvut kiydirgаnlаr. Ko"œprоq kаmоn, nаyzа vа sаgаriy (оybоltа) kаbi jаng qurоllаri ishlаtgаnlаr. Massagetlarning bаrchа jihоz vа qurоl-аslаhаlаri mis vа оltindаn yasаlgаn. Ro"œzg"œоr buyumlаrini esа bo"œyoq bilan bo"œyagаnlаr. Massagetlar mаlikаsi To"œmаris bilan bo"œlgаn jаngdа Ахоmаniylаr dаvlаtining аsоschisi Kir II hаlоk bo"œlgаn. Strаbоnning mа"œlumоtigа ko"œrа, massagetlar Quyoshgа tоpingаnlаr vа ungа аtаb оtlаrni qurbоnlik qilgаnlаr. Strаbоn ko"œchmаnchilаr bilan bir qаtоrdа Оrоl bo"œyidаgi bоtqоqliklаr vа оrоlchаlаrdа yashаb, tеrimchilik vа bаliq оvlаsh bilan mаshg"œul bo"œlgаn qаvmlаrni, shuningdеk, хоrаzmiylаr vа оtаsiylаrni massagetlargа mаnsub dеb bilgаn. Massagetlar kоnfеdеrаtsiyasi qadimgi Хоrаzm dаvlаtining аsоsiy hаrbiy kuchini tаshkil qilgаn.
MAURIYALAR IMPERIYASI (mil. avv. IV-II asrlar) - Qadimgi Hindistondagi yirik quldorlik davlati. Mauriya (Maur"œya) sulolasidan Magadha hukmdori Chandragupta (mil. avv. 317-298-yillarda hukmronlik qilgan) asos solgan. Chandragupta butun Shimoli-G"œarbiy Hindistonni, mil. avv. 305-yilda Balujiston va Sharqiy Afg"œonistonni Mauriyalar imperiyasiga qo"œshib olgan. Uning o"œg"œli Bindusara (mil. avv. 293-268-yillar) davrida Mauriyalar imperiyasiga Dekan ham tobe bo"œlgan. Bindusaraning o"œg"œli Ashoka davri (mil. avv. 268-231-yillar)da Mauriyalar imperiyasi ravnaq topgan. Imperiya shimolda - Kashmir va Himolay to"œg"œlaridan janubda Maysurgacha, g"œarbda - Afg"œoniston sharqda Bengaliya qo"œltig"œigacha bo"œlgan maydonni egallagan. Hindistonning qo"œshni va G"œarb mamlakatlari bilan savdo, madaniy va diplomatik aloqalari ancha kengaygan. Buddizm butun Hindiston va qo"œshni mamlakatlarga tarqalgan. Turli viloyatlar o"œrtasida munosabatlar yaxshilangan, san"œat, adabiyot va siyosat to"œg"œrisida asarlar yaratilgan. Ashoka vorislari davrida imperiya 2 qismga bo"œlinib ketgan. Mil. avv. II asr boshlarida Mauriyalar imperiyasining shimoli-g"œarbiy qismi Yunon-Baqtriya podsholigiga qo"œshib olingan. Mauriyalar imperiyasining oxirgi shohi Brixadratha shunglar sulolasidan bo"œlgan lashkarboshi Push"œyamitra tomonidan o"œldirilgan va hokimiyat shu sulola qo"œliga o"œtgan (mil. avv. 180).
MIDIYA PODSHOLIGI — Eronning shimoli-g"œarbida joylashgan qadimiy o"œlkalardan biri. Bu o"œlkada qadim zamonlardan boshlab midiya qabilalari yashaganlar. Mil. avv. IX asrda Midiya hududida mayda davlatchalar mavjud bo"œlib, ossurlar bu yerga tez-tez hujumlar uyushtirib turganlar. Ossurlar midiyaliklarni talab, ulardan xiroj undirganlar. Mil. avv. VIII asr oxirida Midiyaga kimmeriylar, VII asr boshlarida esa skif qabilalari bostirib kirganlar. Mil. avv. 672-yilda midiyaliklar Kashtariti rahbarligida ossurlarga qarshi kurash boshlab, ularni Midiyadan haydab chiqaradilar. Kashtariti Midiyadagi mayda davlatchalarni birlashtirib yagona davlat tuzishga bel bog"œlaydi. Mil. avv. VII asr o"œrtalariga kelib Midiya Qadimgi Sharqdagi qudratli davlatga aylanadi. Mil. avv. 753-yilda Midiya shohi Kashtariti ossurlar ustiga qo"œshin tortadi. Ossurlar skiflarni midiyaliklarga qarshi kurashga ko"œndiradilar. Midiya qo"œshinlari ossur va skiflarning ikki tomondan bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladi. Bu jangda Kashtariti halok bo"œlib, Midiya mil. avv. 653-625-yillar orasida skiflar ta"œsirida qoladi. Mil. avv. 625-yili Kashtaritining o"œg"œli Kiaksar Midiya podshosi bo"œlgach, skiflarni mamlakatdan quvib chiqaradi. Kiaksar podsholikdagi mayda davlatlarni birlashtirib, Midiyani kuchli saltanatga aylantiradi. Mil. avv. 614-yili Kiaksar qo"œshinlari Ossuriyaga bostirib kirib uning poytaxti Ashshurni vayron qiladilar va talaydilar. Mil. avv. 612-605-yillarda Midiya va Bobil harbiy ittifoqdosh mamlakatlarga aylanadi. Bu davrda Kiaksar Bobil podshosi Nabopalasar bilan ossurlarga qarshi jang boshlaydilar. Mil. avv. 612, 609-yillarda Bobil va Midiya qo"œshinlari ossur qo"œshinlari yengib Ossuriyaning Nineviya va Ashshur shaharlarini yana vayron qiladilar. Bu mag"œlubiyatdan so"œng ossur qo"œshinlari g"œarbga chekinadilar. Mil. avv. 605-yilda misr-ossur qo"œshinlari bilan Midiya-Bobil qo"œshinlari o"œrtasida Karxemish yonida bo"œlgan jangda ossur-misr qo"œshinlari tor-mor etilib, shu bilan Ossuriya davlati ham barham topadi. Bu janglardan so"œng shimoliy Mesopotamiyada Ossuriya yerlari Midiya ixtiyoriga o"œtadi. Kiaksar Bobil bilan do"œstlikni mustahkamlash uchun qizini Bobil podshosi Nabopalasarning o"œg"œli Navuxodonosor II ga nikohlab beradi. Ikki davlat o"œrtasida yaqin do"œstlik hukm suradi. Kiaksar janubda Persuani, sharqda Parfiyani, g"œarbda esa Kichik Osiyoning Galis daryosigacha bo"œlgan yerlarni Midiyaga qo"œshib oladi. Mil. avv. 590-585-yillar orasida Lidiya-Midiya urushi sodir bo"œladi. Rivoyatga ko"œra mil. avv. 585-yil 28-may kuni quyosh tutilishi oqibatida urush to"œxtab, tinchlikka asoslangan sulh shartnomasi tuziladi. O"œrtadagi gina-kudratga chek qo"œyish maqsadida Midiya shahzodasi Astiag Lidiya shohi Alittaning qiziga uylanadi. Mil. avv. 585-yili Kiaksar vafot etib, Midiya taxtini uning o"œg"œli Astiag egallaydi. Astiag davrida Bobil bilan Midiya o"œrtasidagi munosabat buzilib, qonli janglar boshlanadi. Bu urushlar har ikki tomonni zaiflashtiradi. Forslar Kayxusrav boshchiligida qo"œzg"œolon ko"œtarib, mil. avv. 550-yili Astiag qo"œshinlarini tor-mor etadilar. Midiya davlati Eronga qo"œshib olinadi va barham topadi.
MINA - Qadimgi Misrda hosildorlik va chorvachilik xudosi, odamlarning tug"œuilishi va chorvaning ko"œpayishining homiysi. Cho"œl hokimi va Qizil dengizga boradigan karvon yo"œlining himoyachisi. Bir qo"œli yuqorida, bir qo"œli esa qamchi ushlab turgan odam qiyofasida tasvirlangan. Misrliklar Minaning yog"œochdan ishlangan buyumiga sig"œinganlar.
MINO — Mesopatamiyadagi og"œirlik o"œlchovi. 550 gr kumushga barobar bo"œlgan.
MITRA - Zardushtiylikning eng muqqadas sanalgan ilohalaridan. Mitragа quyosh va yorug"œlik, pоkizаlik vа hаqiqаt хudоsi, dehqonlar va chorvadorlar himoyachisi, hosil, ma"œmurchilik va to"œkin-sochinlikni ta"œminlovchi sifаtidа e"œtiqоd qilingаn. Ahuramazda bilan odamlar o"œrtasidagi asosiy vositachi, jangovar yigit siymosida tasvirlangan. Anxramaynuga qarshi chaqmoqlari bilan kurashgan, kamalakka Mitraning kamoni, o"œq otuvchi yoyi deb sig"œinganlar. Qаdimdа Hindistоn, Erоndа bоsh хudоlаrdаn biri. Mil. avv. VI аsrdаn Mitragа sig"œinish Kichik Оsiyo hаmdа Frоt vа Dаjlа dаryolаri оrаlig"œidа tаrqаldi. Keyinrоq Mitragа sig"œinilаdigаn аlоhidа din - mitrаizm pаydо bo"œldi. Bu din ellinlаr оrаsidа, milodiy I аsrdаn bоshlаb Rimdа, II аsrdаn butun Rim imperiyasidа mаshhur edi.
MITANNI DAVLATI (Mittaniya podsholigi) — Mesopotamiyaning shimoli-g"œarbida jaylashgan (hozirgi Suriya hududida) qadimgi davlatlardan biri. Dajla va Frot daryolari Mitanni yerlaridan boshlanadi. Mil. avv. XII asr oxiri - XVI asr boshlarida bu o"œlkada Mitanni davlati tashkil topdi. Mamlakat aholisining asosiy qismini hurritlar tashkil etganlar. Mil. avv. XVI-XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi. Mitanni Kichik Osiyo, Finikiya, Suriya va Palastinga o"œz ta"œsirini o"œtkazgan. Mil. avv. XV asrda Mitanni goh Misr, goh Xett, goh Bobil, goh Ossuriya bilan urushlar olib boradi. XV asrda Xett davlati kuchayib, Mitanni ustiga qo"œshin tortadi. Jangda Mitanni podshosi Tushratti qo"œshinlari yengiladi. Shu vaqtda podsho saroyida fitna uyushtirilib, Tushratti o"œldiriladi. Ossuriya Alshi davlatlari ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni qo"œshinlariga zarba beradilar. Xett podshosi Tushrattining o"œg"œli Shattivasni taxtga o"œtqiqzib, unga o"œz qizini nikohlab beradi. Oqibatda Mitanni Xett davlatiga qaram bo"œlib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga tayanib Ossuriyani o"œziga qaram qilib olmoqchi bo"œladi. Ammo ossur qo"œshinlari yana g"œolib chiqib, Mitanni podshosi oilasi bilan asir olinadi. Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo"œshinlari tomonidan vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g"œalaba qozonib, mamlakatni vayron etadilar. 15 mingdan ortiq kishi asir olinadi. Mil. avv. XIII asrda Mitanni davlati parchalanib mayda davlatchalarga bo"œlinib ketadi. U Ossuriya davlatining ta"œsiriga tushib, o"œz mustaqilligini yo"œqotadi.
MIXXAT — Qadimda Old Osiyoda qo"œllangan, mix yoki ponachalarga o"œxshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga o"œyib tushurishdan iborat ideografik yozuv turi. Ushbu yozuv mil. avv. 3 mingyillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan, masalan, oyoq tasviri "œyurish", "œturish", "œolib ketish", ma"œnolarini anglatadi. Bunday belgilar miqdori 1000 tagacha yetgan. Shumer mixxati dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda - chapdan o"œngga qarab yozilgan. Mil. avv. 3 mingyillikning o"œrtalarida mixxatning so"œz - bo"œginli shakli paydo bo"œlgan, belgilar miqdori 600 tagacha qisqartirilib, rasm - belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda shumer mixxati akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar) tomonidan o"œzlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 taga tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan mixxat keyinchalik, mil. avv. 2-1 mingyilliklar davrida bir qancha qo"œshni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qadimgi fors va b.)ga moslashtirilgan holda qo"œllana boshlagan. Bu davrda mixxatlar harf-tovush-bo"œgin yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib chiqishiga asos bo"œlgan. Mil. avv. 1 mingyillik oxirlarida mixxatlar o"œrnini oromiy yozuvi egallagan. Mixxatda bitilgan juda ko"œp yodgorliklar - tarixiy yozuvlar, turli rasmiy hujjatlar, og"œzaki ijod namunalari, lug"œatlar, ilmiy asarlar, diniy matnlar saqlanib qolgan. Turli xalqlarga mansub mixxatlarni o"œrganish, deshifrovkalash 19 asrdan, aniqrog"œi, 1802-yildan boshlanib, 20 asrning o"œrtalarigacha davom etgan. Nemis, fransuz, ingliz, chex, rus olimlari mixxatlarni deshifrovkalashda faol ishtirok etib, bu sohada ko"œplab ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.
MOT — Suriya va Finikiya diniy e"œtiqodida o"œlim xudosi.
MUMIYOLASH — murda yoki uning ayrim a"œzolari va to"œqimalarini chiritmaydigan qilib uzoq saqlash usuli. Buning uchun jasadga chirituvchi mikroblarni o"œldiradigan maxsus antiseptic moddalar shimdiriladi. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko"œpdan-ko"œp matolar bilan o"œrashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo"œyilgan. Shu taxlit ishlov berilgan inson mayyiti mumiyo deyilgan. Odatda mumyolash qariyb 70 kun davom etgan. Bu qadimdan ma"œlum, dastlab Misrda qo"œllanilgan; ular balzamlash vositalariga xushbo"œy modda — balsam qo"œshib ishlatganlar. Ilgari murdaning boshi, ko"œkrak, qorin bo"œshliqlarini turli tuz eritmalari bilan to"œldirganlar.