Bolaligimda miyamga "Taqvo" degan antivirus o'rnatib qo'yishgandi. Hozir shu antivirusning bazasi eskirib qoldi shekilli, zamonaviy viruslardan himoya qilolmayapti. Bazani yangilatganiyam qo'ymayapti, jaa yomon virusakan...
Duo qivorasizlar, man bazamni yangilamasam bo'lmaydi.
Агар билсангиз антивирусни базасини снгилаш учун аввал лияензиссини олиш керак акс холда база снгиланмайди, мени лияензисм сскирганди Ò›абристонга бориб бобом ва сÒ“лимнинг Ò›абрини устиларини обод Ò›илиш асносида лияензи беришди кейин базамни снгилаволдим оÒ“айни сиз хам шундай Ò›илинг.
Do'stim, bizga litsenziya miysoq kunida berib qo'yilgan.
Sabablar, tahminlar, farazlar va qiyoslar asosida javobni ham topdim. Dilning qorayishi dardning ketishida, dardning ketishi ishning bitishida, ishning bitishi omadning kelishida ekan. Omadning kelishi esa Ollohdan bo'lib, erishgach biz shukur qilishni, fikr qilishni his qilmay qo'yarkanmiz.
Bolaligimda onam Boborahim Mashrab haqida gapirib bergandilar. Keyinchalik bu haqida o'zim o'qib, izlanib chiqqan bo'lsam ham onamning o'sha hikoyasida gavdalangan Mashrab ongimda o'zgarmay qolgandi. Ana uning ruhiyati bizga etalon bo'lishi kerak-ku, ammo biz buni eplolmaymiz.
O'zimni bir yil oldingi o'zim bilan solishtirib ko'rsam... ehh-he, osmonga uchib ketibman. Ammo qanot yo'q! Qanot yo'q - demak najot yo'q! Yerga tushishga-da imkon yo'q - maqsad chil-parchinlik emas. Ammo uchmoq ham yo'q - qanot yo'q! Bor bitta imkon - Rahmon! O'zi yo'l ko'rsatsa - qanotga ehtiyoj-da yo'q!!!
Ancha oldin bir forumdosh do'stimiz aytgandi: - "Oka, topishi zo'rmas, o'rtacha oylikka yashaydiganlar - hammamiz forumdamiz. Ish zo'r bo'lsa forumda nima bor? Qorin to'q - dard yo'q - forumda post yozmoq ham yo'q!" Shu gaplarni aytdi-yu, ko'pam o'tmay o'zi ham forumda ko'rinmay ketdi - ishi yurishib ketdi shekilli.
Bizni qorni to'q, dardi yo'q bandalaringdan qilib qo'ymagin Hudo!