Jamiyat va inson > Tibbiy kutubxona

Hadisi Sharif. Tib kitobi

(1/7) > >>

Zamiraxon:
 :as:
Bismilillahir Rohmanir Rohiym.
                           
                     Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buhoriy
 
                                    Hadis

Tib kitobi  55bob

  1-bob. Olloh taolo dard yuborganda uning davosini ham yuborganligi haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Olloh har qanday dard yuborganda uning davosini ham yuborgandir", - deganlar", - deb rivoyat qiladilar.


Zamiraxon:
  2-bob.Erkakning ayolni, ayolning erkakni davolamog'i  xususida
Rubayya' binti Muavvid ibn Afro' bunday deydir: "Biz Rasululloh sallalohu alayhi va sallam birlan birga g'azavotga chiqqanimizda askarlarga suv keltirib berar, ularning yaralarini bog'lar, o'lganlar va yaradorlarni Madinaga tashir erdik".

Zamiraxon:
  3-bob. Uch narsada dardga davo borligi haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladilar: "Uch narsada dardga davo mavjuddir - asal ichmoq, qon oldirmoq hamda yaraga tamg'a qizdirib bosmoq. (Ammo), Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Men ummatimga yaraga tamg'a qizdirib bosmoqni man qilg'ayman", - deganlar".
Mujohidning ibn Abbosdan hikoya qilishlariga ko'ra, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Asal (ichmoq) va qon oldirmoq dardga davo bo'lg'usi", - degan ekanlar.

Zamiraxon:
  4-bob. Asal bilan davolash haqida
Olloh taolo: "Unda (asalda) odamlar (dardiga)ga davo mavjuddir", - degan.
Oisha onamiz raziyallohu anho: "Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam halvo bilan asalni yoqtirar erdilar", - deganlar.
Jobir ibn Abdulloh aytadirlar: "Janob Rasululloh sallallahu alayhi va sallam: "Dori-darmonlaringiz ichida eng nafi tegadirgani qortiqchining qortig'i yokim asaldir! Men (jarohatga) tamg'a qizdirib bosmoqlikni xush ko'rmag'aymen", - deb aytganlar".
Abu Sa'id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: "Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: "Mening inim qorni (og'riyotgani)dan shikoyat qilayotir", - dedi. Janobi Rasululloh: "Asal ichirg'il!" - dedilar. Boyagi kishi qaytib kelib, asal ichirsa ham inisi tuzalmaganini ma'lum qildi. Janob Rasululloh bu gal ham: "Asal ichirg'il!" - dedilar. Boyagi kishi yana qaytib kelib, inisi tuzalmaganini aytdi. Janob Rasululloh: "Olloh taolo (asalda odamlar dardig'a davo mavjuddir, deb) rost aytgan, ining qorni ersa yolg'on so'zlaydir!" - deb javob qildilar. Shundan so'ng inisi dardig'a shifo topdi".
 

Zamiraxon:
  5-bob. Tuya suti bilan davolanish xususida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: "(Urayna qabilasiga mansub) bir guruh odamlar betob erdi. Ular: "Ey, Rasulalloh, bizga shahar (Madina) havosi hush kelmadi, boshqa boshpana berib, ham taom birla ta'minlasangiz!" - deb iltimos qilishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni Harra degan yerga joylashtirib, ixtiyorlariga bir qancha tuyalarni ham berib qo'ydilar-da, "Bularning sutidan ichib turinglar!" - dedilar. Ular, kasallari arib, darmonga kirganlaridan so'ng, Janobi Rasulullohning tuyaboqarlarini o'ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning ortidan odam yubordilar, tutib kelishgach, qo'l-oyoqlarini kesib, ko'zlariga mil tortishdi, so'ng oftobga tashlab qo'yishdi, (og'riqdan) tosh g'ajib yotishdi".
Sallom aytadirlar: "Menga aytishlariga qaraganda, Hajjoj Janob Rasulullohning hayotlari davomida jinoyatchilarga qarshi qo'llagan eng qattiq choralari haqida so'zlab berishni Anasdan iltimos qilganida u mazkur voqeani rivoyat qilgan erkan. Bu gap Hasan (al-Basriy)ga yetganida "Ushbu hadisni unga aytmagani yaxshi erdi," - debdilar".

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version