629/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarga yahudiylar salom berib, «As-somu alaykum» (ya’ni, senga o‘lim), desa, «Vaalayka» (ya’ni, senga ham), deb ayting», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Bu hatsda zikr qilganimizga o‘xilash hadislar ko‘pdir.
Abu Sa’d Mutavalliyning aytishlaricha, bir kishiga musulmon deb gumon bilan salom berilsa-yu, uning kofirligi ravshan bo‘lsa, salomini qaytarib olmoqligi mustahabdir. «Rudda ‘alayya salomiy», ya’ni «Salomimni qaytarib ber», degan lafz ila qaytarib oladi. Bundan maqsad uni qo‘rqitib, o‘rtasida do‘stlik yo‘qligini bildirib qo‘yishdir.
Abu Sa’d esa: «Agar zimmiyga salom xohlansa-da, salom lafzidan boshqacha qilinsa, masalan, «Alloh sizni hidoyat qilsin» yoki «Alloh sizning tonggingizni ne’matli qilsin», desa, zarari yo‘q», dedilar.
Imom Navaviy: «Mana shu Abu Sa’d aytgan narsaga ehtiyoj bo‘lib, «Xayrli tong tilayman» yoki «Saodat tilayman» yoki «Ofiyat tilayman» yoki «Alloh sizga xursandchilik, saodat, ne’mat, surur ila tong ottirsin», desa yoki shunga o‘xshash narsalarni aytsa, zarari yo‘q. Agar ehtiyoj sezmasa, biror narsa aytmaslikni ixtiyor qiladi. Chunki salom aytish ularga ochiq yuzli bo‘lish, yaqinlik va do‘stlikni ifoda etadi. Biz esa ularga ko‘pol bo‘lish va do‘stlik izhor etmaslikka buyurilganmiz», dedilar.
Agar bir kishi jamoat oldidan o‘tsa, ular orasida bir necha musulmon tursa yoki bir musulmon bilan bir necha kofir bo‘lsa, musulmon va musulmonlarni qasd qilib salom berish sunnatdir.