Bir necha kun oldin, 16-mayga 100 kishilik banket bo'ladi deb ketishgandi, keyin kelib 50 kishi keladigan bo'lishdi, banket qimasdan furshet qip qo'yamiz deganda, "har doimgidek, imom domlalar kelishsa kerak" deb o'ylagandim...
Bugun qarasam, bir islomiy tanishuv agentsvosi borakan, o'sha agenstvo mutasaddilari kecha o'tkazib, kechada tanishturuv marosimi bo'ldi....
Buni ko'rib bir hursand bo'lsam, bir hayron bo'laman, bir hapa bo'laman..
Hursand bo'lishim, har bir oila qurmoqchi bo'lgan yoshlar o'zlariga muslim yoki muslima ahliya izlayotgani bo'lsa...
Hapa bo'lganim, hamma aralash, misol uchun bir stolda 3-4ta qiz o'tirsa, galma galdan bittadan bolla kelib suhbatlashib, turib ketishmoqda edi, (bu huddi bir paytlar "lubov' s pervogo vzglyada" degan ko'rsatuvga o'xshab ketardi) qolaversa huddi bir modellar uyidagidek, o'rangan qizlar birma bir sahnaga chiqib sahnani bir kurug aylanib chiqishdi...
Hayron qolganim, hayrli ish qilamiz deb, aksini qip qo'yishmayaptimikin degan savol ko'ndalang bo'lishi...
Biroz qo'l bo'shagach organizatorini suhbatini olish uchun kuhnyaga chaqirtirdim, azgina suhbatlashdik, bundan tashqari yana bir nechta proyektlari borligini aytdi, gap orasida, bilmadim, qizla ko'pu bolla kam kelgani uchunmi yoki anketani to'ldirgani uchun 500 rubl "hizmat haqqi" olish uchunmi pojaluysta zalga chiq, o'zin ko'r deb ham qo'yardi.
Balki bu makon va zamon talabidir, wAllohu a'lam...