224. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ezgulikka yo‘l ko‘rsatuvchi o‘sha ezgulikni qilgan bilan teng ajrga ega bo‘ladi.
225. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: .
— Men sizlarni uch narsadan qaytarar edim:
Qabrlarni ziyorat qilishdan.
Keyin bilsam mozorda ko‘zdan yosh oqib, qalb yumshar ekan. Ziyorat qilaveringlar, ammo (qabr tepasida) qo‘pol gaplarni gapirmanglar;
Qurbonlik go‘shtini uch kundan ortiq saqlab turishdan. Keyin bilsam, odamlar uning terisini olishni, mehmonlariga taqdim etishni, safardagilariga asrab qo‘yishni istar ekanlar. Xohlasangiz saqlab, yeyavering;
Mana bu idishlar (qovoqdan yasalgan, mumlangan)dan ichishdan. (Bilsam, gap idishda emas ekan). Xohlagan idishingizdan ichavering.
226. Muoz ibn Jabal (sahoba) dedi:
— Rasululloh: «La ilaha illalloh» (Allohdan boshqa iloh yo‘q), «va Muhammadun abduhu va rasuluhu» (Muhammad esa uning bandasi va elchisi) deb sidqidildan shahodat keltirgan bandasini Alloh do‘zaxdan asraydi, - degandilar. Men: «Odamlarga bu gapni yetkazib, suyuntiraymi?» — deb so‘rasam: «Unda xotirjam, loqayd bo‘lib qoladilarda», - degandilar.
Muoz bu gapni o‘limi oldidan aybdorona ohangda gapirdi.
227. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Odam bolasining hammasi ham xatoga yo‘l qo‘yadi. Xato qilganlarning yaxshilari - tavba qilganlardir.