Bahri bayt  ( 874580 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 221 222 223 224 225 226 227 228 229 230 231 ... 255 B


Abdulhafiz  04 Avgust 2010, 22:08:02

Shevam shudir, til buramang,
Aslimga ham ko'p qaramang,
Qayerdansan, deb so'ramang,
Manzilgohim - O'zbekiston!

Qayd etilgan


BilmasOY  18 Avgust 2010, 14:05:09

Nechun qulluq qilmay Andijonga men-
Shu yurtda tug'ildim, shu yurtda o'sdim,
Agar do'stim bo'lsa bitta u do'stim-
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
                   Muhammad Yusuf.

Qayd etilgan


BilmasOY  18 Avgust 2010, 14:08:34

Nedan ranjidingiz, jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
               Muhammad Yusuf.

Qayd etilgan


Robiya  19 Avgust 2010, 00:37:29

:as:

Hazin qalbimizga nusrat Ramazon,
Kunlar ajr, tunlari rahmat Ramazon.
Tavba qilganlarga mag'firat Oyi,
Ham jahannam o'tidan najot Ramazon..

Qayd etilgan


shirin_a  19 Avgust 2010, 03:10:54

 :bs1:
 :as:
Nusrat bergin Allohim,
Qilgan ishu-amalimizga.
Qo`limiz bo`lsin duoda,
Taqdim etding Ramazonni bizga.

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Avgust 2010, 12:13:54

Azoblaring dilim tilar sen bilmading
Kulay desam ko'zim yig'lar sen bilmading
Eslamadi bir bor dema go'zalginam
Eslaganim Xudo bilar sen bilmading!

Qayd etilgan


AL_laziz87  24 Avgust 2010, 00:59:48

Gohida onam ham bilmasa dardim,
Barcha menga boqsa beparvo-yu jim.
Sezdirmay yig'lasa armonli qalbim,
O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim.

Qayd etilgan


BilmasOY  24 Avgust 2010, 22:01:54

Meni men istaganlar suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishini ko'nglim pisand etmas.
                                        Alisher Navoiy.

Qayd etilgan


shirin_a  24 Avgust 2010, 22:10:32

Sening kamon qoshin,
Nozik nihol bo`ying.
Shaxlo ko`zingu,
Tim qora soching.
Bularni kim yaratgan yorim,
Bilgin, U albat Robbin-g

Qayd etilgan


Margiloniy  24 Avgust 2010, 22:30:48

Gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar,
Yirtiq-yamoq bo’lsada tobutimga yopinglar.
Ko’rsinlar yig’laganlar, umrim bari hatodir.
Bu dunyoda topganim shu bir parcha matodir.


Qayd etilgan