Assalamu alaykum.
Haa, bolalik ajoyib beg'ubor paytlar bo'ladi...
Inson katta bo'lgan sayin bolalaigini aslasa, albatta, labiga kulgu yuguradi.
Men ushbu hodisani eslasam doimo kulaman:
Hali maktabga chiqmagan yillarim edi. MAhallamizda yoshi teng qizlar ko'p edik. Bir qo'shni qiz bilan ehch chiqishmasdim, doimo urushardim.
(Afsuski hozir ham chiqishmayman)
Shu qiz bilan bir kuni gap talashib qoldik, nimaligini eslolmayman. Lekin meni juda qattiq jahlimni chiqarganini aniq eslayman. Xullas, janjallashib ketdik. Va u meni sochimdan tortdi. SHunga qattiq jahlim chiqdida, uni kuchimni boricha ura ketdim. Shunaqa yomon uribmanki, ko'chamizdan turgan tuproq uyimiga yiqilib qolganini ham sezmabman. (Shunaqa vaxshay ekanman, shekilli)
Xullas, o'zimga kelib qarasam uni hamma yog'i tuproqqa belangan. Qo'rqib ketdim, onasi juda yomon gapiradigan ayol edi. Hozi onasi chiqadida, emni uradi deb qo'rqqanimda yugurib hovlimizga kirib, onam kiyimlarini taxlab qo'yadigan tepa tokchaga chiqib yashirinib oldim.Ancha vaqt o'sha yerda turganman shekilli, o'sha tokchada uxlab qolibman.
Onam bechora ishdan kelib, meni uyda "yo'q"ligim haqida buvimning shikoyatlarini eshitib, uyga kirib, kiyimlarini olish uchun tokchani ochganlarida men uxlab yotgan edim...