Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 156045 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 29 B


Naqshbandiy  06 Oktyabr 2006, 11:26:20

Bizning bu ma’ruzalarimiz ham zikr. Sizning eshitganingiz ham zikr. Nima uchun? Ulumi diniyaning muzokarasi ham zikr. Unda ham ko’p savoblar bor. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning «Insonning ilmdan bir bo’lim o’rganishi, dunyo va dunyodagi hamma narsadan xayrlidir», — degan mujdalari bor.

Binobarin, biz ham bu yerda bir masala to’g’risida gaplashdik. «Ibodatlarimizni qanday qilamiz, kunimizni qanday o’tkazamiz?» — deb gaplashdik. Kunni qanday o’tkazish borasida shom namozigacha keldik, undan keyingi xuftonni tushuntirmadik. Xufton namozini ham jamoat bilan o’qish lozim! Charchagan bo’lsangiz, o’qib bo’lib, keyin uxlang! U yoki bu bahona bo’lmasligi lozim!

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam va sahobai kirom xuftondan keyin darhol dam olardilar. Hatto masjidda bir-birlari bilan ko’p ham gaplashmasdilar. Tahajjudga turish uchun erta yotardilar.

Xuftondan keyingi uzun suhbatni arab tilida musomaratul layl, deyiladi. Musomaratul layl — kechasi bilan suhbatlashmoq degani. Bu to’g’ri emas, chunki tahajjud namozini tahlikaga solib qo’yadi. Hatto bomdod namozini ham.

Shuning uchun vaqtli yotib, tahajjudga bemalol turish lozim! Kechasi yotishdan oldin buyuklarimiz tavsiya qilgan bir odat bor, shuni ham eslatib o’tsak: yangi tahorat olib, to’rt rak’at namoz o’qib, tahorat bilan yotiladi! Chunki farishtalar tahorat bilan yotgan kishiga butun kechani ibodat bilan o’tkazdi, deb yozadi. Maloikalar samodan uning vujudini nurdek ko’radilar va yoniga tushadilar. Shu yerda bir banda tahorat bilan yotibdi, deb uning atrofiga izdihomli bir shaklda yig’iladilar va uning haqqiga duo qiladilar: «Yo Rabbiy! Sening bu quling tahorat bilan yotdi, sen uning gunohlarini mag’firat qil!» — deb. Shayton yaqiniga kelolmaydi, kechasi esa uning uchun xayrli, muborak bir kecha bo’ladi. Agar ajali yetib o’lsa, imon bilan o’lishga vasila bo’ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  06 Oktyabr 2006, 11:26:43

Demak, xuftondan keyin ko’p o’tirmaslik kerak! Ba’zi kishilar televizor tomosha qiladilar. Ko’p vaqtini bekorga o’tkazmasdan, tahajjudga tura olishi uchun, tahoratini olib, namozini o’qib, vaqtli uxlashi kerak!

Kunni shunday o’tkazish lozim. Allohning rizosini topishga harakat qilish kerak!

Alloh taolo har ishimizni Qur’oni karimga va Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sunnati saniyyasiga muvofiq, dinning asliga, o’ziga muvofiq tarzda bajarishni nasib aylasin! Bizlarni bid’atlardan, xatolardan, g’aflatdan, shoshma-shosharlikdan, tanballikdan, qusurlardan pok qilsin. Bizda sevilmagan qanday axloq, fikr, odat va tushuncha bo’lsa, bizlarni ulardan qutqarsin! Bizlarni O’zi sevadigan sifatlarga ega qilsin. Maqbul amallarni bajarishga muvaffaq aylasin! Mahbub qullaridan qilsin. Sevgan, rozi bo’lgan qul bo’lib huzuriga borishni, jannatiyu jamoliga musharraf bo’lishni, rizvoni akbariga erishishni nasib etsin!

Bihurmati shahri ramazonal muborak va bi hurmati habi’bihi Muhammadinil mustafo va bi hurmati asrori suratil fotiha!

13 fevral 1995 / 13 Ramazon 1415

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 05:41:24

MAG'FIRAT OYI

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.

Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz — Muhammad alayhissalomga va uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!
Amma ba’d:

Aziz va muhtaram jamoati muslimin! Qimmatli birodarlarim! Alloh taolo barchamizdan rozi bo’lsin! Namozlaringizni, niyozlaringizni, ro’zalaringizni, ibodatu toatlaringizni qabul qilsin!

Alloh taolo bir hadisi qudsiyda buyuradiki:
«Ey Odam o’g’li!» Darhaqiqat, Hazrati Odamning farzandlari bo’lgani uchun Odam alayhissalom avlodlarining barchasi qardosh-birodardir. Bundan tashqari, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam «Odam tuproqdandir», — deb buyurganlar, shu bois, aslimiz tuproq bo’lganligi uchun mutavoze’ bo’lishimiz lozim.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:07:52

Zod — arabchada yo’l ozuqasi, xaltaga solingan yegulik-ichgulik degani. Qadim zamonlarda yo’lchilar safarga chiqishdan oldin yo’l ozuqalarini g’amlab olardilar. Chunki yo’llar hozirgidek qulay emas edi. Albatta, yo’llarda hozir turli-tuman imkoniyatlar mavjud: benzin quyish shaxobchalari, tahorat olish yerlari. Yo’lda yeyish-ichish uchun ozuqa g’amlash tashvishi yo’q.

Ammo oldinlari bunday emas edi. Cho’lga chiqqan odam nimalar qilishi kerak edi, bir o’ylab ko’raylik: nima yeydi, nima ichadi? Bu ham o’ziga yarasha bir muammo? Meshga suv to’ldirib, minadigan hayvonining bir tomoniga osib qo’yardi. Yeyish uchun qotgan nonmi, qovurilgan unmi, umuman, yo’lda aynimaydigan, bug’doy, xurmoga o’xshash quruq yeguliklarni ham yoniga olishardi.

Yo’llarda ham ko’p qiyinchiliklarga uchrardilar. Bir tomondan charchoq, ikkinchi tomondan esa uzoq masofani zahmat bilan bosib o’tish, shular qatori yeyish-ichish tashvishi ham bor edi. Shu sababdan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislaridan birida:

«Cho’lda yo’lovchi bo’lib musofir bo’lsangiz, zarurat paytida insonlardan musofirlik haqqingizni talab etishingiz mumkin», — deganlar.

Nima uchun? Chunki musofir hayotida xafv bor, unga lozim bo’lgan paytda insonlar biror narsa in’om qilishlari lozim! Chodirdagi yoki o’sha qishloqdagi inson musofirga hech bo’lmaganda bir qultum suv yoki bir burda non berishi kerak! «Agar bermasa, olishga haqqingiz bor. O’lib qolmaysiz, oling!»—deyaptilar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Albatta, bu o’sha ishning muhimligini, jiddiyligini ko’rsatmoqdalar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:08:37

Shu yerda sahobai kiromning bir sayohatini eslab qoldim: bir guruh sahobai kirom yo’lga chiqibdilar. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning qanday vazifa topshirganlarini bilmaymiz. Cho’lda qumlarga botib, jazirama issiqda terlab-pishib, charchab, nihoyat bir vohaga yetib kelibdilar. Qarasalar, bir necha chodir atrofida xurmo daraxtlari va suv ko’rinibdi. Sevinib boribdilar:
«Biz yo’lchimiz, qornimiz och», — deyishibdi.

Ular esa musofirlarni mehmon qilmabdilar. Sahobalarning kimligini bilmabdilar, na ovqat, na suv beribdilar, chodirlariga hatto taklif qilmabdilar. Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam huzurida xizmat qilib yuradigan, har biri Valiy zot bo’lgan bu insonlarga vohadagilar iltifot ko’rsatib mehmon qilmabdilar. Ular esa chodirlarning atrofida, qumlarning ustiga hech bo’lmasa charchoq ketsin, deb cho’zilibdilar. Birozdan keyin chodirlarning biridan baqir-chaqir, to’polon ovozi eshitilibdi. Bir joriya yuzini berkitib-yashirib, ularning oldiga kelib:
«Bir zaharli ilon qabila raisini chaqib oldi. Ichingizda davolaydigan birortasi bormi?» — deb so’rabdi.

Sahobalardan biri:
«Men biroz bilaman», — debdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:09:02

Uni qabila raisining yoniga olib boribdilar. Sahoba faqatgina Qur’oni karimni o’qibdi. Shishib borayotgan vujud tuzala boshlabdi. Bundan sevingan voha aholisi ularga ko’p izzat-ikrom ko’rsatibdilar: yediribdilar, ichiribdilar, dam oldiribdilar. Yo’lga chiqishlarida qo’y-qo’zilar va hokazo hadyalar berib jo’natibdilar.

Ular olgan hadyalari bilan Madinai munavvara tomon yura boshlabdilar. Faqat Qur’on o’qigan kishi aytibdiki:
«Men bu ishga ko’p xafa bo’ldim».
«Nima uchun?»
«Bu hadyalarni Qur’oni karimni o’qiganimdan so’ng berdilar. Qur’oni karimni moddiy manfaat yo’lida ishlatdim, deb xavotirdaman. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan buni so’rayman. Berilgan narsalarga qo’l tekkizmang», — debdi.

Madinai munavvaraga yetib kelibdilar. Borib Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga bo’lgan voqeani tushuntirib beribdilar. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
«Sen haqlisan, xavotirlanadigan joyi yo’q. Niyating juda ham xolis va pok bo’lgan. Olgan hadyalaringizdan bemalol foydalanaveringizlar. Hatto menga ham ikrom etishingiz mumkin», — debdilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:09:33

Keyin Qur’on o’qigan sahobadan so’rabdilar:
«Nimani o’qigan eding, doridek ta’sir qilibdi?»
«Yo, Rasululloh «Fotiha» surasini o’qidim», — debdi sahoba.

Bu hadisi sharifdan ilohiy duo bilan har qanday kasallikdan xalos bo’lish mumkin, degan xulosaga kelamiz. Zero, Alloh taolo hamma narsaga qodir. Omanna va soddaqna qodir. Fotihani o’qish bilan kasal tuzaladida.
Ramazon — mohi g’ufron. Alloh taolo O’z bandalarini eng ko’p afvu mag’firat qilgan oy. Bu oyda Alloh duolarni qabul qiladi. Chunki, «Ro’zadorning duosi maqbuldir», — deydilar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Shom vaqti kirib kelishi, yaqinlashishi bilan azon chaqiradigan paytda: «Ey Rabbim! Meni, onamni, otamni, jami mo’’minlarni mag’firat qil!» — deb duo qilishimizni Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya qilmoqdalar.

Ramazon — bandalar mag’firat qilinadigan, ko’plab jahannamiy kimsalar do’zaxdan ozod bo’ladigan oy. Mohi g’ufron va yoxud arabcha ta’bir bilan aytganda, shahri g’ufron — qullar afvu mag’firat qilinadigan oy.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:13:35

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xabar berganlaridek:
«Boshi — Alloh rahmati tajalli qilgan, (va avsatuhu’ mag’firatun) o’rtasi — qullari Alloh tomonidan mag’firat qilingan (va a’xiruhu’ itqun minan-na’r) oxiri — qullar jahannamdan ozod bo’lgan oy».

Chunki Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ramazon oyida Qur’oni karimning barchasini to’laligicha Jabroil alayhissalomga o’qib berib, muqobala qilar edilar. Hofizlarning masjidlarda Qur’oni karimni o’qishlari va jamoatning uni tinglashlari o’sha odatning davomi. Demak, ramazon ayni paytda, Qur’oni karimga mahkam yopishish, Qur’oni karimni o’qish, Qur’oni karim bilimini takrorlash oyidir.

Tabiiyki, banda qusurlar, gunohlardan xoli emas. Ichkilik, yolg’on, g’iybat, haromga qarash, harom yeyish — hammasi gunoh. Qur’oni karimdan yod olgan sura-oyatlarini unutib yuborish ham buyuk gunoh.

Shuning uchun Qur’oni karimni har kuni takrorlash lozim! Bundan tashqari, Qur’oni karim xastaliklarga davo hamdir. Sahoba «Fotiha» surasini o’qisa, og’ir kasal tuzalib ketdi. O’lar holatda edi, hayotga qaytdi. Demak, Qur’oni karimning ma’naviy savobi ham, moddiy shifosi ham bor...

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:18:58

Bu rivoyatni nima uchun eslatdik?

Cho’lga sayohatga chiqqan kishi och qolishi, chanqashi, turli tashvishlarni boshidan kechirishi mumkin. Shuning uchun yo’lga chiqishdan oldin xaltasini to’ldirib chiqishi lozim! Suv, oziq-ovqat, hammasini olishi kerak! Hamma narsani olganidan so’ng yo’lga chiqishi lozim!

Alloh taolo hadisi qudsiyda aytmoqdaki:
«Yo’l ozuqasini ortig’i bilan oling, chunki yo’l uzoqdir!»

Bundan maqsad nima? Inson farzandining dunyodagi hayoti bir yo’lchilikka o’xshatilmoqda. Inson farzandi dunyoga keladi. Keyin chaqaloqlikdan o’rta yoshgacha, o’rta yoshdan qarilikkacha borib yetadi. So’ng vafot qilib, oxirat olamiga ketadi. Undan keyin barzax olamida uni ruhlar kutadi. Qiyomat qo’padi. Mahshargohda insonlar yig’iladilar. Hisob-kitoblar bo’ladi. Sirot ko’prigidan o’tganlar jannatga doxil bo’ladilar.

Demak, inson farzandining yo’lchiligi u hali dunyoga kelmasdan oldin — ruhlar olamidan boshlanib, dunyoga kelishi bilan davom etadi, o’limi bilan boshqa olamga o’tadi. Qiyomatdagi hisob-kitoblardan so’ng yo’lchilikning oxirgi abadiy bekati jannat yoki jahannam keladi: kofirlar — jahannamga, mo’’minlar — jannatga kiradilar. Ammo, tabiiyki, qusurli, gunohkor, osiy bo’lgan mo’’minlar ham jahannamga kiradilar. Ular jahannamda belgilangan muddatgacha jazolarini oladilar, keyin jannatga kiritiladilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:22:06

«La’ ila’ha illalloh» degan kishi jannatga kiradi. Ammo Allohning sevgan, muborak, baxtiyor qullari daftar va devonlar ochilmasdan, hisobga chaqirilmasdan, savol-javob qilinmasdan jannatga kiradilar.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida marhamat qiladilarki: «Mening ummatimdan yetmish ming kishi hisob-kitobsiz jannatga kiradi».

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qo’shinlariga bosh qo’mondon qilib tayinlagan sevgili, muborak sahobalardan biri Ukkosha ibni Mihson as-Saqafi roziyallohu anhu o’rnidan turib: «Yo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam, duo qiling, men ham o’sha baxtiyorlardan birisi bo’layin va jannatga hisob-kitobsiz kirayin», — debdi.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kulib turib:
«Sen ham o’shalardan birisan», — dedilar.

Keyin aytadilarki:
«Alloh taolo menga «Yetmish ming kishi jannatga hisob-kitobsiz kiradi», — deganida, men Xudovanddan bu miqdorning orttirilishini so’radim. «Yo Rabbim! Yana ko’paytir, 70 mingni ziyoda qilgin!» — deb aytdim. Shunda Alloh taolo yetmish mingning har biriga yana yetmish ming bag’ishladi».

Qayd etilgan