350
Abu Hanifa (r.a.) Abdulkarimdan, u Misvar ibn Maxramadan rivoyat qiladi. Misvar ibn Maxrama aytdi: «Sa’d uyini sotmoqchi bo‘lganida qo‘shnisiga bunday dedi:
- Menga uyim uchun sakkiz yuz dirham berishmoqchi, uyimni sen yetti yuz dirhamga ol. Uni senga beraman, chunki Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ni olmoqqa eng ko‘p haq sohibidir», deb eshitganman.
Misvar, Rofi’ ibn Hudayjdan qilgan boshqa rivoyatda Rofi’ ibn Hudayj aytdi: «Said menga bir uy ko‘rsatib: «Shu uyni sen sotib ol. Bu uy uchun menga sen beradigan puldan ko‘proq berishmoqchi. Lekin sen uni olishga haqlisan. Chunki men Rasulullohning (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ni olishga eng ko‘p haqdordir», deganlarini eshitganman, dedi».
Misvar, Sa’dning quli Rofi’dan qilgan yana bir rivoyatda: Rofi’ Sa’dga bunday dedi: «Bu uyimni to‘rt yuz dirhamga sen ol. Menga sakkiz yuz dirham beramiz, deyishdi. Biroq meni uni senga sotmoqchiman. Zero, Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ga haqlidir», deganlarini eshitganman.
Sa’d ibn Molikdan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday kelgan: Sa’d uyini qo‘shnisiga to‘rt yuz dirhamga sotishni taklif qildi va menga bu uy uchun sakkiz yuz dirham beradigan bo‘lishdi. Lekin men Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ga haqlidir», deganlarini eshitganman.