Allohim, Sen bilan safar mashaqqatlaridan, tushkun ko‘rinishdan va molim, ahlim va bolalarimda yomon o‘zgarishdan panohlanaman.
Allohim, afving bilan tong ottirdik, ofiyating bilan qo‘zg‘oldik.
Allohim, biz uchun yerning tanobini tortgin, (yo‘limizni yaqin qilgin) va safarni bizga yengil qilib, yomon o‘zgarishdan bizni salomat qilgin. Yaxshilikka yetkazuvchi Allohim, meni xayriyatga yetkazgin, o‘zingdan menga satr (ayblarga to‘siq), rozilik, ato et, xayriyat Sening qo‘lingdadir, albatta Sen har bir ishga qodirsan.
Allohim, bizga safarni yengil qilib, yo‘lni yaqin qil. Allohim, safarda tong ottirdik, Sen bizning ahlu ayolimizda xalifa bo‘lgin.
Allohim, oldimdan, orqamdan, o‘ngimdanu chapimdan va ustimdan meni saqlagin. Va ostimdan menga xoinlik qilishlaridan Azamating bilan panohlanaman, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i, ey olamlarning Robbisi!