TEMIR ASRI — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqarish xo"œjaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan so"œng insoniyat hayotida sodir bo"œlgan tarixiy bosqich. Bu davr xo"œjalikda temir metallurgiyasi yuzaga kelishi, tarqalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. «Temir davri» atamasi, garchi antik dunyoda tos, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan bo"œlsa-da, fanda XIX asrning o"œrtalarida daniyalik arxeolog K. Y. Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. avv. III mingyillikning 1-yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. avv. II mingyillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. avv. XI asrdan boshlab Palastin, Suriya, Kichik Osiyo, Zakavkaze, Hindiston va Xitoyda xo"œjalik va harbiy qurol-aslahalar yasashda temirdan keng foydalanganlar. Mil. avv. IX-VII asrlarga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kash etilib, uni po"œlatga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab bo"œladi. O"œzbekistonda temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doir tadqiqotlar S. P. Tolstov, A. I. Terenojkin va Y. G"œulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. O"œzbekiston hududida temir davri yodgorliklari mil. avv. VIII-VI asrlarga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Farg"œona vodiysida o"œrganilgan; Ko"œzaliqir, Qal"œaliqir va Dilgilja singari qadimgi qal"œa va qishloq, shahar xorabalari, Tagisken va Uygarak qabriston-qo"œrg"œonlari, Bo"œkantov qoyatosh sur"œatlari tekshirilgan. Temir davrida qadimgi Xorazm hududlarida dastlabki yirik sug"œorish inshootlari vujudga kelgan. 1960-1970-yillаrdа Surхоndаryodа Kuchuktеpа, Jоndаvlаt vа Qiziltеpаning quyi qаtlаmlаri, Pаchmоqtеpа, Qizilchаtеpа yodgоrliklаri o"œrgаnildi. L. I. Аlbаum Kuchuktеpаdаn mil. avv. VI-IV аsrlаrgа оid uy-jоy qоldiqlаri, kulоlchilik, tеmirdаn yasаlgаn uy-ro"œzg"œоr vа dеhqоnchilik buyumlаrini tоpgаn. 1960-yillаrdа Buхоrо vilоyatidа Хаzоrа yodgоrligi vа Sаrmichsоy pеtrоgliflаri tеkshirildi. Qаshqаdаryodа temir davrigа оid Chimqo"œrg"œоn yodgоrligi (1972-yilda) o"œrgаnildi. 1973-yildа Chоrdаrа istеhkоmi (Kоnimех tumаni) vа Rоmushtеpа (Jоndоr tumаni) tеkshirildi. Temir davrigа mаnsub аrхеоlоgik yodgоrliklаr Tоshkеnt vilоyatidа Burgаnliktеpа, Qоvunchitеpа, Tuyabo"œg"œiztеpа vа Burchmullа хаzinаsi, Fаrg"œоnа vоdiysidа esа, Eylаtоn yodgоrligi vа Оqtоsh qаbristоni аsоsidа o"œrgаnilgаn. 1980-1990-yillаrdаn Ko"œktеpа (Sаmаrqаnd vilоyati), Yerqo"œrg"œоn vа Uzunqir (Qаshqаdаryo vilоyati) kаbi mil. avv. VII-VI аsrlаrgа оid nоdir оbidаlаrdа аrхеоlоgik qаzishlаr o"œtkаzildi.
TESHIKTOSH ODAMI - Teshiktosh g"œoridan topilgan neandertallar vakilining suyak qoldig"œi. A.P.Okladnikov o"œrgangan (1938-1939-yillar). Ko"œpgina tadqiqotchilar fikricha, Teshiktosh odami suyak qoldiqlari 8-9 yoshdagi bolaniki bo"œlgan. Bola dafn qilingan joy atrofida tog"œ echkisining bir necha juft shoxi yotgan. Marhumni qabrga turli buyumlar bilan ko"œmish, dastlabki diniy tasavvuralarning paydo bo"œla boshlaganligidan dalolat beradi. Teshiktosh odami kalla suyagining hajmi katta (1490 sm kub), uning qopqog"œi pitekantrop yoki sinantropnikiga nisbatan balandroq. Biroq hozirgi bolalarnikidan pastroq. M. M. Gerasimov kalla suyagi asosida Teshiktosh odamining yuz tuzulishini tiklagan (1949-yillar). 1973-yilda antropolog V. P. Alekseyev Teshiktosh odamini to"œla o"œrganib, skelet qiz bolaga tegishli bo"œlib, u inson evolyutsiyasining neandertal fazasiga mansub ekanligi va Yevropa yoki Old Osiyo guruhiga kirishini bildirgan.
TOTEMIZM (Shimoliy Аmеrikа indеyslаrining оjibvе qаbilаsi tilidаgi «оtоtеm» - «uning urug`i» so`zidаn) - ibtidоiy diniy e`tiqоdlаrning ilk shаkllаridаn biri. U kishilаrning mа`lum guruhi bilan hаyvоn vа o`simliklаrning muаyyan turlаri (bа`zаn tаbiаt hоdisаlаri, jоnsiz nаrsаlаr) o`rtаsidа g`аyritаbiiy аlоqа, qоn-qаrindоshlik bоr dеgаn e`tiqоdgа аsоslаnаdi. Hаyvоnlаr, o`simliklаr, jоnsiz prеdmеtlаr tоtеm hisоblаngаn. Tоtеmlаr (ko`pinchа hаyvоnlаr) оv qilinmаgаn, o`ldirilmаgаn, go`shti yеyilmаgаn, ulаr go`yo kishilаrning qudrаtli himоyachisi hisоblаngаn. Qаbilа, urug` hаr bir а`zоsining hаyoti vа fаrоvоnligi tоtеmgа bоg`liq dеb qаrаlgаn. Ulаr o`z tоtеmini qаrindоshi, аkаsi, оtаsi, do`sti dеb hisоblаgаn. Hаr bir qаbilа, urug` o`z tоtеmining nоmi bilan аtаlgаn. Tоtеmistik e`tiqоd vа mаrоsimlаr muаyyan ko`rinishdа ko`p xаlqlаrdа, аyniqsа, Аvstrаliyadаgi qаbilаlаrdа sаqlаnib qоlgаn.
URUG"œ - birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo"œlgan qarindoshlar uyushmasi.
URUG"œ JAMOALARI — so"œngi paleolitning kashfiyotlaridan biri bo"œlib, unda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga bo"œlingan. Bu urug"œga oqsoqol sardorlik qilgan, urug"œ a"œzolari bitta manzilgohda yashagan.
URUG"œCHILIK JAMIYATI — Matriarxat (ona urug"œi) va patriarxat (ota urug"œ) davrlari. Bunda asosiy ishlab chiqarish vositalari bo"œlgan yer, yaylov, ov qilinadigan joy va shu kabilarga qon-qardoshlik jamoasiegalik qilgan.
VARZANA — "œAvesto"da hududiy qo`shnichilik jamoasi shunday nomlangan.
VIS — "œAvesto"da urug` jamoasi shunday deb atalgan. Avestoda yozilishicha, katta patriarxal oila — "œnmana"lar visni tashkil etgan.
XRONOLOGIYA - zamon o"œlchovi haqidagi fan; turli-tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi.