Bugun shaxsiy qutimdagi xabarlarga nazar tashladim, 124 sahifa bo'libdi o'ziyam. Ba'zi keraksiz xatlarni o'chirdim...
Eski kunlarni esladim.
Bir paytlar Yurist bilan Chehmik degan a'zo tez tez gap talashib, urishib turishardi. Men urush, desam Yurist bu urush emas, tortishuv derdilar:)
Bir paytlar forum xuddi bozorga o'hshardi, g'ala-g'ovuri forumga kirar kirmas eshitilardi:)
Juda ko'p inson ko'ribdi bugungacha bu forum, kimlar kelmadi, kimlar ketmadi...
Mana hozirgi vaqtda kelib ancha suv sepilib qolibdi, ovozam yo'q...
Urusham yo'q:) eskidan AbdulAziz off-top postlarni o'chirib bezor bo'lgandilar, tortishuvlarda hakamlik qilib charchagandilar, mana endi oyoqlarini uzatiiib yotibdilar shekilli:)
Belleqizchani erga berib qutildik
har kirganlarida allambalo gaplar bilan jahlimizni chiqarardilar, jonlari sog' bo'lsin...
Mahdiyah har xil chiroyli tabriknoma, rasmlar bilan forumni to'ldirib turardilar, mana endi qizlari qo'llarida, beshikni surishtirib yuribdilar:)
AbdurRohman forumdoshlarni bolalar siymosida tasavvur qilib rasm joylab, hammani kuldirardilar, xushchaqchaq azo uylanib, yoq bolib ketdilar:)
Robiya-ah Robiya...forumdan qanday uzoqlashdingiz mengayam orgating:)
telefonlarga javob yoq, vafosiz singlim ozimni...
Msjon bolardilar, Navoiy jonkuyari, qachon qarasak Fatimani qidirib yurardilar
Elcom degan bola ham korinmaydilar, ishlari kopaydimi deyman...
Musannif Adham yangiliklardan xabardor qilib turardilar, ularam yoq...
Muhammad Yusuf- ilk ismlari Umar ibn Abdulaziz- ham boshda juda aktiv edilar, mana u kishiyam yoqlar...
Ilk ismlari Umar ibn Abdulaziz- IbnUyayna ham songgi paytlar umuman kirmay ketdilar...
Yana xayolimda ancha kishi bor...
Eski kunlarni esladim birdan...