541-bob. O’tirganlarning ustidan hatlab o'tish haqida
1176. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.)ning orqasidan (xanjar) sanchilgan paytda men u qotilni tutganlar orasida edim, uni hovliga olib chiqdik. Hz. Umar (r.a.) menga: "Ey, birodarimning o'g'li, borib meni kim yaralagani-ni, mendan boshqa yana kimni yaralaganini bilib kel", dedilar. Men ketdim, (u haqda) xabar berish uchun kelsam, uy (odamlar bilan) liq to'la ekan. Odamlar ustidan hatlab o'tgim kelmadi yosh bola edim, (shu yerda) o'tirdim. (Hz. Umar (r.a.) odatda) bir kishini biror ish bilan jo'natsalar, (natijasini) aytib qo'yishni buyurardilar. (Hozir) u kishini o'rab olishibdi. Ubay ibn Ka'b (r.a.) kelib dedi: "Xudo haqi, mo'minlar amiri agar Allohdan duo qilib so'rasa, Alloh taolo uni qutqaradi va ummatning boshiga yana qayta keltirib qo'yadi. Hatto, ushbu ummat bilan bog'liq shunday-shunday ishlarni qilardi". So'ngra Ubay ibn Ka'b (r.a.) mu-nofiqlarning ism va kunyalarini birma-bir sanadi. Men: "Aytganlaringni hz. Umarga yetkazaymi?" - deb so'radim. "Yetkazishingni xoxlaganim uchungi-na bularni aytayapman", dedi Ubay ibn Ka'b (r.a.). Men undan ruhlanib, o'rnimdan turdim, odamlardan hatlab o'tib, hz. Umar (r.a.) boshlari yoniga o'tir-. dim. "Siz meni shu-shu narsa(larni bilish uchun) yuborgandingiz, siz bilan shuncha (13 ta) odam yara-langan, qotil hovuzcha yonida tahorat olayotgan Kulaybni ham yaralabdi, Ubay ibn Ka'b Allohga qasam ichib shunday-shunday dedi", dedim. Hz. Umar (r.a.): "Ubay ibn Ka'bni chaqiring", dedi. Chaqirildi. (Ubay ibn Ka'b yetib kelganda hz. Umar undan): "Nima deyapsan?" - deb so'radilar. Ka'b: "Shunday-shunday, deb aytayapman", dedi. Hz. Umar: "Yo'q, Alloh-ga qasamki, duo qilmayman! Ammo Alloh Umarni kechirmasa, u badbaxt bo'lib qoladi", dedilar".