Javikboy ekanlar-da qahramonimiz:)
Eng boshda forumga kirganimda Javik Lito (edi shekilli) ko'rib "odamlar namuncha qiyin ism tanlashadi-ya" degandim. Yaxshi osonlashtirib qo'ydilar:)
1. O'zlari Anjonliklar, Andijonliklar bilan bog'liq mavzu ochganlaridan bilganman.
2. Tibbiyotga qiziqadilar. Buyam mavzulardan seziladi:)
3. Forumni yangi moderatorlaridan, qurollarga juda qattiq e'tibor beradilar.
4. Kerak bo'lganda kechirim so'rashni ham biladilar.
5. Forumdoshlar uchrashuvidagi rasmlaridan kulib turadigan ukamiz ekanliklarini ko'rdik:)
6. Yoshlari 20-21, bu yil imtihonga kirdilar, bo'lmadi shekilli, mayli hafa bo'lmang, nasib.
7. İshlaydilar, lekin forumga vaqt ajratishni ham kanda qilmaydilar.
8. Kitoblarni juda yaxshi ko'radilar.
9. Telefonlari tez tez ochib qoladi chamamda, buyam u kishini yo ko'p telefonda gaplashishlaridan yoki batareykani zaryadkaga qo'yish xayollariga kelmasligidan darak bersa kerak.
10. Juda ko'p narsaga qiziqadilar aslida lekin vaqtlari yetmaganligi uchun yarim qoldiradilar bu qiziqishlarini.
Eson-omon bo'ling Javlonbek:)