O'zbek yoshlariga nima bo'ldi?  ( 32619 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


saraton07  19 May 2008, 22:56:42

Stp,stop,stop.Xonimlar va Janoblar. Bu nima ahvol? Nega turmushimizdagi dolzarb mavzu ko'tarilganda, mojaroyu, mashmasha  qilamiz?Juda ajoyib  fikrlar  bildirildi  Yurist tomonidanAyrim Xonim va Janoblarning fikrlaricha, xozirgi holat juda ajoyib. Ya'ni yoshlarimiz  hayoti. Savol bermoqchiman ularga: Siz hohlaysizmi, oilangizdan kimdir, singlingiz   diskotekada  yigiti bilan ertalab qaytsa,(Umuman   muslima uchun diskoteka  xarom),Yoki  tasavvur qiling O'g'lingizning o'qishlari xo'ja ko'rsinu, yarim kechagacha  ko'chadan beri kelmasa, qarangki bir kuni uyga  meliciya yoki  2 ta kachok kirib keldi Kachoklar razborga, yo o'g;liz uyni yutqizdi yoki  narkotikdan ularga qarz. Hayhot, bu qarz  uyning narxicha, yanachi, sharmandalik. Oqibat titilgan oila. O'g'illar  o'g'ri muttaham., narkosh, qizlar kotta yo'lda yoki  bardelda( xudo ko'rsatmasin) Shaxsan man bunday oilalarning 4 tasini ko'rganman.
Shuning uchun, hurmatli tengdoshlar, kayfu-safo,  bekorchilik    ma'naviyatimizni  buzilib,jamiyatni botqoqqa itaruvchi omillardan biridir.Shuning uchun hamyurtlar ,har xil bekorchi so'zlarni yozmasdan, chiroyli fikrlarni bildiraylik. Manga nima  deb hamma aytsa, oilada kelajakda nima  ahvol bo'lishini yuqorida atib o'tdim. Bu ochiqdan ochiq jaholatdir. Jaholat esa razolatning onasidir. Ayniqsa oilada  ehtiyotkorlikni oshirish lozim. Zamonaviylikdan keraklisini olib, islomga zidini olmasa bo'ladiku. Baribir bir kun o'lim keladi,va o'shanda hamma  noto'g'ri yo'l tutganlar afsus qiladilaru,lekin hech kimga aytolmaydilar, og'iz  qulflangan bo'ladi. Hurmatli qizlar va yigitlar, bu mavzuda chuqur o'ylangiz, iltimos,bu gaplar shunchaki gaplarmas, yerdan chiqmagan. Islom  talablariga muvofiq  vujudga kelgan   gaplardir. Yuristga rahmat, hamda yaxshi  postlar qoldiruvchilarga ham.  Tog'ri,biz qariyalarmasmiz. Bu esa zamon bilan muqaddas e'tiqodimizni  kelasi avlodga va o'zimizga ham  munosib tarzda  tahlil qilib, ongimizga singdirishimizga, singdirishga  ajoyib imkoniyatdir. Baribir ham, qariyalar(albatta  dono va nuroniylar)  bizning,biz yoshlarning    bebaho javohirlarimiz, xazinalarimizdir. Agar siz nasroniylarning(ayniqsa yoshlarining) qariyarlarga munosabatini o'z ko'ziz bilan ko'rib, ularning ma'naviy turmush tarzini ko'rib yurganizda, yoqangizni ushlardingiz. Masalan Moskvada

Qayd etilgan


saraton07  19 May 2008, 23:27:36

Nasroniylar shaharlaridan biri,Moskva. Skenhedlar  uyasi.(bilsangiz kerak bu nimaligini Ne  russkiylar dushmanlari). Bir kuni bir rus choli ko'prik  osti   kommunikacion  kabellarini   biz bilan  montaj qilmoqda.Pastda,daryo bo'yida  o'n chog'lik yoshlar( 20 yoshlar atrofidagidalar) Gulyat qilib yuribdilar. Bexosdan  kabel chiqindisidan ozginasi pastga tushib ketdi. Haligi yoshlarga tekkani ham yo'q,Bizni tushinmaydilar deb, cholga gap tashlashdi,"Ey ,staryk,ty chto , slepoy? Ili   ty soobrajayesh kak vot ety churki? ety churki  ne imeyut mozgov, ty  to che, toje ne imeyesh. Staryy   balvan,bl............. Ubyraysya, su........... Xullas kalom, qolgan so'kishlarni yozmadim, chol esa lom lum deyolmasdi. Bizni  bu holatdan  og'zimiz ochilib qoldi va  qiziqqonligimiz tutyb ketdi. U yog'i  yigitchasiga. Buni nima uchun aytyapman.?!
1 chidan, etyboryngizni, ularning cholga munosabatyga qarang,
2 chidan, bu yoshlarning bizga munosabatini ko'ring
Bu yerda har bir desam adashmayman,oilada  erotika to'g'risida qandaydir  jurnal yoki gazeta,yoki, video  mahsulotlari  albatta topiladi,va er-xotin farzandlar oldida ham bu mavzuda uyalmasdan gaplashadilar,albatta  tarbiyali oilalar ham juda ko'p, lekin bu hol ular uchun ham oddiy holat. Yoshlarda,ayniqsa ko'pchilikda, odob,hurmat, muomila madaniyati tushunchalari umuman yo'q. Har bir gapda so'kinish bilan murojaat qiladilar bir-birlariga. Bu nima, zamonaviylikmi? Siz nima deysiz? Bu holatlar, ming afsuski, bizning yoshlarimizga ham yuqmoqda. Nima deysizlar shu gaplarga?

Qayd etilgan


saraton07  19 May 2008, 23:39:50

Ayrim hamyurtlarimizni,yoshlarni ko'raman. Yo tavba, xuddi  russlardek, so'kinishlar, ichkilikbozliklar qolgan ishlari ham. Bir kuni,  kafeda ovqatlanib tursam, bir tojik  , qo'lda pivo, mast, mani ko'rib, oldimga keldi. Ovoz bor  balandlikda.Tojikmasligimni bilib ruschada boshladi. Yo tavba, har  ikki gapda," yashasin biz musulmaonlaaar" ( slava  my musulmnyyyy) deb qichqiradi. Rosa sharmanda bo'ldim. Shartta turtib yuborib ,chiqib ketdim. Bizning o'zbeklarda ham bunaqalar  etarlicha, umuman musulmon avlodlari orasida.  Chunki vatanda oilada bunga nisbatan tushuncha berilmagan.  Yoshlar hatto ruslar , moldovan ayollar bilan yashay boshlashdi. Bu nima hurmatli  G'ayrat, Bahr ud din,Va boshqalar? Bunga nima sabab? Yoshlar muammosimi yoki   boshqa? Shu to'g'rida chiroyli fikringizni kutaman.Sher esa, xuddy hozirgi zamon uchun oldindan byurtma qilingandek, qoyilman,qoyil, yashang Yurist.

Qayd etilgan


Aisha  20 May 2008, 11:25:53

Haqiqatdan juda dolzarb mavzuni ko'taribsizlar.agar bu ketishda bo'lsa rostdan ham ohiri qiyomat bo'ladi Jasonnur aytganlaridek.To'g'ri biz ham yoshmiz. Lekin hozirgi yoshlar juda antiqa chiqib qolishdi. Ularning yurish turishlari.odoblari haqida juda ko'p gapirishadi,lekin bu bilan hech narsa o'zgarib qolmaydi.Bu yoshlarni tarbiyalayotgan kim, ular yosh emasku. Nega ular farzandlarini shunday ahvolga solib qo'yishgan?Ertalab uyidan yarim yalong'och holda chiqib ketayotgan qizga nega ota-onasi indamaydi? chunki ular uchun bu oddiy holga aylangan. Hozirda "g'arblashish" jarayoni juda tezlashib ketmoqda. Ko'chada ko'p yigit qizlani kuzataman. Juda hudbin, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat degan narsalani bilishmaydi. Yoshlarning hammasi ham unday emas albatta, lekin aksariyati shunaqa. Alloh barchamizni isloh qilsin.She'r esa haqiqatdan ham barcha zamonlar uchun aktual.
Hozirgi yoshlar orasida ilmli, odobli, shaytonning turli nag'malariga uchmasdan e'tiqodida mustahkam turganlari ham talaygina. Ularga, ularning ota- onalariga havasim keladi.

Qayd etilgan


saraton07  20 May 2008, 13:46:02

Assalomu-alaykumXonimlar va Janoblar. To'g'ri aytibsiz Ayse.Haqiqatdan to'g'ri ham  to'g'ri. Bizning oramizda yaxshi insonlar,yoshlar talaygina, Ollohga shukur. O'ylamanglar, hamma   yovuzlikka qul emas.Alhamdulilloh, yoshlarimizda  iymonli insofli, vijdonlilra bor albatta.  Fikrlaringizni  kutamiz, yoshlar!

Qayd etilgan


Muzayyana  22 May 2008, 15:05:57

Iltimos bir-birimizni fikrlarimizni xurmat qilaylik!

Qayd etilgan


Muslimа  23 May 2008, 08:07:31

Yoshlarda,ayniqsa ko'pchilikda, odob,hurmat, muomila madaniyati tushunchalari umuman yo'q. Har bir gapda so'kinish bilan murojaat qiladilar bir-birlariga. Bu nima, zamonaviylikmi? Siz nima deysiz? Bu holatlar, ming afsuski, bizning yoshlarimizga ham yuqmoqda. Nima deysizlar shu gaplarga?

Assalamu alaykum!
Fikrlarizga qo'shilaman! Tovba dib gapirayu, lekin hozirgi 80% yigitlarni o'zaro suxbatlarini eshitib qolsangiz, ularni og'zidan chiqqan gaplardan quloqlariz portlab ketay deydi. Na jamoat joyini bilishadi, na kattani hurmatini, na kichikni izzatini. Ilm dargohida ishlaganim bois, o'zim tengi yoshlarni ko'pini kuzatishga majbur bo'laman! 4-5 tasi yig'ilvosa tamom, urdi Xudo, astag'firulloh!
Afsus, lekin har doimgi suxbatlardan birini sizlarga ham havola qilaman:
Stipendiya mahali studentlar kassani oldida turishibdi, atrofda xisobxona xodimlari va domlalar ham  bor, lekin ularga baribir.
- Bersa kere bugun pulli, ja....., hit qilishadide!
- O', Jo'lon san kecha nechchida keldin ja......, tel qisam kemabsan, yana dayddidibmi, ja......!
- Ja.....misan? Ne daydiman, ishim boridi, onasini ..................., tinmi ishlatvotti! Studentam dimidi!!!
U yog'ini yozmaganim ma'qul.....
Shunaqalarga qarimande, avvalo shunaqalardan qilmaganiga Allohga hamd aytaman! Afsuski bunaqa suxbatlarni har joyda eshitish mumkin! Nahot haqoratli, uyatli so'zlar gapirmasdan suxbat qilsa bo'lmas ekan? Bu ku yigitlar, ming afsuski erta-indin farzand tarbiya qiladigan, oila bekasi bo'ladigan qizlarni ba'zilari ham bu yigitlardan qolishmaydi! Ularga qarab achinasan kishi, ertaga bulardan qanday farzandlar tarbiya olib chiqadi? Bu farzandlar nimasi bilan dinga dunyoga foydasi tegadi? Astag'firulloh! Bularga qarab yuragin siqiladi! Lekin Allohga shukur hamma ham ularga o'xshamaydi, yoshlarimiz orasida iymonlilar ham bor! Ilohim shunaqa iymonli, e'tiqodli, tarbiyali yoshlarimiz ko'paysin! Hidoyatdan adashib yurganlarga Alloh insof bersin!

Qayd etilgan


Muslimа  23 May 2008, 08:18:16

Ayrim hamyurtlarimizni,yoshlarni ko'raman. Yo tavba, xuddi  russlardek, so'kinishlar, ichkilikbozliklar qolgan ishlari ham. Bir kuni,  kafeda ovqatlanib tursam, bir tojik  , qo'lda pivo, mast, mani ko'rib, oldimga keldi. Ovoz bor  balandlikda.Tojikmasligimni bilib ruschada boshladi. Yo tavba, har  ikki gapda," yashasin biz musulmaonlaaar" ( slava  my musulmnyyyy) deb qichqiradi. Rosa sharmanda bo'ldim. Shartta turtib yuborib ,chiqib ketdim. Bizning o'zbeklarda ham bunaqalar  etarlicha, umuman musulmon avlodlari orasida.  Chunki vatanda oilada bunga nisbatan tushuncha berilmagan.  Yoshlar hatto ruslar , moldovan ayollar bilan yashay boshlashdi. Bu nima hurmatli  G'ayrat, Bahr ud din,Va boshqalar? Bunga nima sabab? Yoshlar muammosimi yoki   boshqa? Shu to'g'rida chiroyli fikringizni kutaman.Sher esa, xuddy hozirgi zamon uchun oldindan byurtma qilingandek, qoyilman,qoyil, yashang Yurist.

Hamma hammasi oilada, jamiyatda Islomni tushuntirilmasligidan! Hamma muammolarning asl sababi dinni bilmaslik, oqibatda tarbiya, ibo - hayo tushunchalaridan yiroqlab ketishlik! Qur'on va sunnatga amal qilgan inson, uni yaxshi tushungan odam bu darajada pastkashlikka bormaydi! "Kofirsan!" disa qoni qaynab, jahli chiqadi ko'pchilikni! Lekin qilgan ishlari kofirnikidan kam emas! Astag'firulloh! Munofiqlikka yaqin, Allohni taniman, musulmonman! dib keriladi, buni isbot qila oladigan, bunga hujjat bo'la oladigan na namozi bor, na ro'zasi, na ilmi? SubhanAlloh, ba'zilardan sahobalar kim dib so'rasez og'zini ochib turadi? U ham mayli Payg'ambarimizni ham atnimaydiganlarni uchratganman, ming afsuski ular ham o'zlarini musulmon deyishadi, va aksari yoshlar! Alloh to'g'ri yo'lidan adashtirmasin! Hidoyat topolmay yurganlarga O'zi hidoyat bersin, Allohninig lutfi ila hidoyatga erishganlarga esa iymonlarini saqlashda sabr ato qilsin! Amin!

Qayd etilgan


saraton07  27 May 2008, 00:14:11

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
 Olloh Ta'olodan dilxotirjamligini, imon barqarorligini tilagayman barchaga.
 Avvalombor ,Muslima xonim  juda ajoyib munosabat bildiribdilar bu mavzuga.
Jazurbek, sizningcha kattalar aybdor deylik, nima bizlar yosh bolamizmi? Odam 14 yoshdan so'ng har qanday mavzuda erkin fikrlovchiga aylanadi.
 Ungacha hamma emasu, ayrimlar hali bolalarcha fikrlaydilar.
Biz hozirgi yoshimizda esa, ayniqsa, juda yaxshi fikrlaymizu,lekin loqayd bo'lib qolamiz.Chunki yoshlik sururlari bizni o'ziga tortadi.
 Bilamiz, bulardan foyda yo'g'u,  savoblardan foyda borligini.Ammo bu yog'i  ammo.......,lekin......,biroq.........,yo'qsa....... bo'lib ketganini  kech sezamiz. Nega ?
 Javob yana bolalikdagi tarbiyaga  taqaladi.
 Shu o'rinda bir narsani ta'kidlamoqchi edim.
 Atrofimizda bo'layotgan jaroyonlarda biz bevosita ishtirokimiz bilan hissa qo'shamiz. Demak yoshlar muammosida ham hissamiz bor.
Biz ham   so'kinamiz, hazillarda so'kinamiz, biz ham qo'pol so'zlardan ishlatamiz.Buni 10000 dan bir kishi inkor eta olishi mumkin hozirgi vaqtda.
Shuning uchun azizlar, hammaga chaqirig'im,  kelinglar, ko'chada do'stlar orasida,  guruhlarda chiroyli,madaniyatli, be nuqson , adabiy tilimizda so'zlashishni targ'ib qilaylik, zora bu bilan  bir yoqdan, so'zlashumizda tartib, ham ishimizda,yurishimizda odob,uyat kuchaysa. Hammasi biz yoshlarning o'zimizga bog'liq bunaqa bo'lmag'ur  qiliqlarni yo'qotish. Dunyoda faqat  Malayziyada  so'kish yo'q ekan. Ular umuman so'kishmas ekanlar, jahllari chiqsa shunchaki  tanbeh bilan kifoyalanisharkan,Qanday ajoyib madaniyat,a.
Qani edi bizdayam shu urfga aylansa, go'zal ona tilimizda tildan tilga o'tib kelayotgan  jirkanch so'zlar, unut bo'lib ketsayu,hamma bir -biriga hatto jahli chiqqanda ham yomon so'z topolmay" he omon bo'l" deydigan bo'lib qolsalar.
Hozir  faqat  yoshlar muomilasiga fikr bildirdim.

Qayd etilgan


Bahr Id Din  27 May 2008, 10:54:13

Assalomu alaykum hurmatli faylasuflar,

Sizlarning javohir fikrlaringizni hurmat qilgan holda fikri ojizimcha quyidagilarni qayd qilsam.
Kasalni isitmasi bildiradi degan maqol bor. Shu xalqimizda (yoshlarimizda) paydo bulgan va eng achinarlisi rivojlanib borayotgan bu illatlarning negizi 20, 30, 40.... e ana 100 yil oldin nish tashlagan.
Toingki davlat bir tizimni xalq uchun aniq belgilab bermaguncha bizning sharoitimizda biror bir sezilarli burilish (yoshlar tarbiyasida) yasash juda ham qiyin.
Necha millionlab hamyurtlarimiz uz hotin-bolalarini tashlab kimdir yaxshi topvotti kimdir qushni mamlakatda qul bulib yuribdi. Kim ularning bolalari tulaqonli tarbiya kuradi deb ayta oladi? Oila ota va ona (agar ular uz vaqtida tarbiya kurishgan bulsa)ning mutlaq jipsligi, hamfikrligi va hokazo ijobiy fazilatlari ostida rivojlanadi, demakki bolalar ham aminmanki yaxshi tarbiya kurishadi.

She`r muallifi janob Senator Sovet Ittifoqi tuzumida uzbegim deb yig`lab she`rlar yozardi. Hozirchi? ;D Uzbegini qul qilib yurishibdi-yu pinagini buzmiydi!!! Mana shunaqa ikkiyuzlamachilik xalqimizni adolatga bulgan ishonchini afsus-ki susaytiradi. Shuning ucun iloji boricha xadislardan misol keltirin, butun dunyo odamlari orasida Payg`ambarimiz suzlaridan ham ustun suz bor-mi??? Janob YURIST (balki ADVOKAT).....

Qayd etilgan