Agar sen to‘rtoyoqlilar, ya’ni hayvonlar, darrandalardansen, bularning ishlariga mashg‘ul bo‘lg‘il. Va ularning tariqasin o‘zingga lozim tutgilki, tokim to‘rt oyoqlilar martabasi va ularning saodatig‘a yetg‘aysen.
Va farishtalarning g‘izosi va saodati — Haq taoloning jamoli bokamolini mushohada qilmoq birladur. G’azab va shahvat chahorpolar va darrandalar va shayotin sifatlari farishtalarning pok, saxovatli vujudlarig‘a yo‘l topmas. Va agar asling farishtalar gavharidandur, o‘z asling kamoliga jahdi tamom qilg‘ilki, to Haq taoloni tanig‘aysen. Va ul jamoli bezavolni tanimoqqa yo‘l topg‘aysen. Va o‘zingni shahvat va g‘azab ilkidin (dastidin) xalos qilg‘aysen.
Va bilg‘aysenkim, hayvonot sifatlarini vujuding binosi ichida nima uchun xalq qilibdur? Ogoh bo‘lgilki, bu avsofi zamimalarni (yomon qiliqlarni) seni asir qilmoq, o‘z xizmatlarida tutmoq, kecha va kunduz seni o‘ziga musaxxar qilmoq uchun xalq qilmabdur. Balki bu sifatlarni o‘zingga asir va dastyor aylab, ul sufraki, sening oldingdadur, bu sifatlarni o‘zingga musaxxar aylab, ba’zini ulov va qurol qilg‘aysen. Va necha kunkim bu olam manzilgohida bordursen, bu sifatlarni xizmatkor aylab, bularning yordami va yorlig‘i birla saodat tuxmin qo‘lg‘a kelturgaysen.
Vaqtiki, saodat tuxmin qo‘lg‘a kelturding, bu avsofi zamima - yomon sifatlarni oyog‘ing ostiga solib, saodating qarorgohiga yuz kelturgaysenki, xoslarning murodi ul qarorgoxdin - jamoli hazrati malikul subhon va avomlar murodi - bihishti jovidondur. Va bu ma’nilarning hammasini bilsang, o‘zingni andek tanig‘on bo‘lursen.
Va har kishikim, bu ma’nilarni tanimabdur, aning nasibasi omonlik yo‘lidin maqrum va nobud, haqiqatni tanimoqtsin mahjub (to‘silgan) bo‘lg‘usidur.