Aziz vatandoshlar!! Hammamizga ma'lum, su'ngi yillarda aksariyat vatandoshlarimiz tirikchilik taqozosi bilan Rossiyaga ketib borishmoqda. Kimdir u erdan kelib mashina, yana kimdir uy olmoqda. Buni ku'rganlar esa shunday bahtni orzu qilib ular ortidan ergashmoqdalar. Ha u erda pul ku'p, imkoniyat katta. Lekin "har erni qilmagin orzu, har erda bor toshu-tarozu" degan maqolni bir eslash foydadan holi emas. U erga borib hech kim pulni u'rmondan yoki Qizil maydondan supurib kelayotgan yu'q. Ularni yotoqhonalari, ishlash sharoitlari, ularga ish beruvchilar tomonidan qilinayotgan munosabatlarni hamma ham bilmaydi, hu'rlashlar, aldashlar, firibgarlik eh yana qancha-qancha azoblar, bu ham kamlik qilgandek TVda butun U'rta Osiyoliklarni mazah qilib "Ravshan va Jumshud" ni u'ylab topishdi. Bizni halqimiz esa bu tahqirlashni zavq bilan ku'rib u'tirishadi. "Hoy Olomon, kulmang!!! Ahir u'zimizni ustimizdan kulayabmizku" degim keladiyu...hech kim eshitmaydi...