Muslimaaga berilgan savollarga javoblar:
1. Savol: Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?
Javob: Kimningdir qanday tomonlama kamchiligi, bor yoki yo'qligini aniq aytib bera olmayman. Chunki, nafaqat jamiyatimizda umuman yer yuzida Mukammal insonning o'zi yo'q, zotan payg'ambarimiz
dan keyingi demohchiman. Guruch kurmaksiz bo'lmagandek, 5 barmoq baravar bo'lmaganidek uni yaxshi buni yomonga chiqazib qo'yomiyman, bunga umuman haqqim ham yo'q. Tarbiya oiladan boshlanar ekan, oilani ham bir jamiyat misolida ko'rish m-n. Ota oilaning ustuni, zavjayi halol esa ustunning tirgagi ekan, demakki ayni bir-biriga bog'liqlikdan so'ng tarbiyani mujassamlashtirish m-n. To'g'ri insongada juda ko'p narsa bog'liq bo'lsada, ammo daslabki qadam deb hisoblaydigan tarbiyamiz, kelajakda qanday yo'l tutmoqligimizga turtki bo'la oladi. Jamiyatimiz ham bizning oilamiz ekan, unda yoshlikdan aqlini taniy boshlagan, har bir mo'min musulmon farzandlarga ayni shunday Jamiyatning tirgak va ustunlari katta yo'lga qadam qo'yishga tirgak bo'la olishishadi. Jamiyat tirgaglari yoshlikdan qanday tarbiya bera boshlashgan bo'lsa, kelajakda ham ayni shuni kutish mushkul bo'lmagan ishdir. Jamiyatimiz muslimalaridan qandaydir xato ko'rdikmi bunga sababchilar deb jamiyatimiz ustun va tirgaklarini ko'rishimiz m-n. Keyin esa o'zini.
Sevimli birodarim bo'lmish, Nozani fikrlariga to'laqonlik qo'shilaman. Haqiqatda ustun Islomda, mustahkam, sobit qadam bo'la olsalar, tirganlarini ham o'sha bergan tarbiyalaridan ziyodda ko'rish m-n. Zero Alloh har bir qilingan hayirlik, Alloh yo'lidagi, hayirli ishni ayni undanda ziyod javobsiz qo'ymagay.
2. Savol: Forumdan eng xursand bo'lgan kuningiz qachon edi? Unda qanday xayrli voqea yuz bergan edi?
Javob: Forumdan xursand bo'lgan va yanada forumga qiziqishim ortganiga sabab bo'lgan kun, forum admini, janob Abdulazizdan "Rasululloh izdoshlari" kitobini olib tahrir qilib yana forumga joylagan kunim bo'lgan... U kitobni o'qib juda ta'sirlanganman va hursand bo'lganimki, ilmim yanada oshishiga, savollarimga javob topa olganimga hursand bo'lganman. Yana Chorsudan bir birodarim tomonidan hadya qilingan Qirq Hadis kitobini ham 1 kun ichida o'qib, yoqqani u-n, forumga joylashni niyat qilib yurgandim, afsuski 8 kunga kechikgan ekanman
Mandan oldin joylashgan ekanlar, ammo bilmay joylab qo'ygandim. Ochig'i o'sha kuni juda hursand bo'lganman, yelkamdan tog' ag'darilganidek
...
3. Savol: Tahrir qilib, forumga kiritib bo'lingan kitoblardan, qaysi birini sizga tahrir uchun yuborilishini istardingiz (tasavvur qiling: hali u kitoblar tahrir qilinmagan)
Javob: Qur'onning ilmiy mo'jizalarini tahrir qilishni istardim va yana hali forumga joylanmagan ammo agarda tahrir qilish k-k b-sa, "Nubuvvat xonadoni xonimlari" kitobini jooon deb tahrir qilardim...
4. Savol: Forumda siz eng sevib o'qigan kitob (5 tagacha variant berishingiz mumkin)
Javob: Ko'pincha forumdan kitob olib o'qimaganman, asosan sitening o'zidan ya'ni, islom.ziyouz.com dan olib o'qiyman. U yerdan o'qigan kitoblarim, "Vijdon Azobi", "Ayollarga xos masalalar", "Islom ikki o't orasida", "Rasululloh izdoshlari", hozirda ayni damda o'qiyotganim "Rasulullohni ko'rganmisiz?" shu
5. Savol: Sizga (iymoningizga) judayanm yaxshi ta'sir ko'rsatgan kitob qaysi?
Javob: Iymonim yanada ziyoda bo'lishiga sabab bo'lgan kitob, yaqinda tahrir qilingan "Rasululloh izdoshlari" va yaqinda tahriri tugash arafasida turgan "Rasulullohni ko'rganmisiz" kitoblari ta'siri katta bo'ldi. Izoh: "Rasululloh izdoshlari" kitobini o'qib, Abu Bakr
haqlarida ancha ma'lumotlarga ega bo'ldim va mehrim ham bo'lakcha bo'ldi huddi Umar
ga bo'lganidek
...
6. Savol: Aqlingizni taniganingizdan so'ng o'qigan eng birinchi islomiy kitobingiz qaysi?
Javob: Savol u-n tashakkur. Esimni taniganimda o'qigan eng birinchi kitobimni nomini aniq eslay olmayman-u, ammo maxsus bolalar uchun kichik su'ralar tarjimasi bilan yozilgan va namoz ro'za haj haqidagi qisqa ma'lumotlari bor juda kichik kitob edi...
7. Savol: Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?
Javob: Bunday postlar ohirgi vaqtlarda ayni forumga qiziqish ortganidan beri juda ko'p uchramoqda, uni posti bunday buniki bunday dyomiyman. Hammasi o'zicha to'g'ri va ta'sirli. Hamma userlarni va ta'sirli postlarini hurmat qilaman. Ammo shu o'rinda minnatdorchilikni bildirmoqchiman. Opam Munira opa va Mutalimaahni fikrlarini oldindan qiziqish bilan o'qib hurmat bilan qarayman.
8. Savol: Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?
Javob: Allohni zikri bilan, uning hifz-u, himoyasida tinch osudalik b-n o'tayotgan har bir kunim, hursand bo'gan kunim hisoblanadi.
1. Ustoz topganimdan hursand bo'lganman
2. Juda ko'p bo'lgan Alhamdulillah, bunisi yaxshi bunisi yomon deb ajrata olmayman
3. Allohga yana qaytib, namozni o'qiy boshlaganim va hijobga mehr qo'ygan kunim, InshaAlloh