Hurmatli yigitlar, qizlardagi qaysi hususiyatlarni hurmat qilasiz? Qaysilarini yoqtirmaysiz?
Javob uchun oldindan rahmat.
Savolingiz uchun katta rahmat. Man qizlardagi
1. hayo-ibo: yurishida, turishida, gapirishida, boshqa joyda o'zini tutishida hayoli iboli bo'lgan qizlarni ayollarni onaxonlarni juda qattiq hurmat qilaman.
2. o'zgalarni hurmat qiladigan: har qanday xolatda ham kim bo'lishidan qat'iy nazar insonlarni hurmat qiladigan ayollarni hurmat qilaman.
3. erkaklarni ko'ziga tik qaramidigan va yigitlar bilan qo'l berib ko'rishmidigan: erkaklarni ko'ziga tik qaramidigan qizlarni kam ko'rganmanu lekin hozir har kuni ko'raman (uyda). 2oy oldin bizani uyga kelin tushdi, kenayimni kuzatdim, hech kimni ko'ziga tik qaraganini ko'rmadim. yigitlar bilan qo'l berib ko'rishmidigan qizlarni ko'rmadim hisob. Bizani sinfda qizlar bolalar bilan qo'l berib ko'rishardi, manga qo'l uzatishganda man ham qo'l berardim. Keyin shunga oid hadisni o'qiganimdan keyin qo'l bermaganman bechara qizla boshqalarni oldida uyalib ketishardi.
Gapirsa gap ko'pde. Ha aytgancha yomon hislatlari:
1. Shallaqiligi. So'kong'ichligi.
2. Yarim yalang'och yurishligi, tor shim, tor yubka, tor mini yubka, xozirda sho'rtik kiyadigani ham chiqqan. Bilmadim 2-3 yildan keyin nimada yurisharkan. Bunaqa qizlarni ota-onasi bormi, tirikmi.
3. Ko'cha ko'yda erkaklar bilan teng urushishlari.
4. Hullas hayosiz, ibosiz, ishqilib hamma yomon hislatlarni yomon ko'raman.
Bir kuni rus tili darsida o'tirganimizda hamma shang'ur shung'ur qilayotganda Gulhayo degan qiz boshqa qizlar bilan shang'ur shung'ur qivotganda bizani gruppadagi o'qituvchimiz chaqirib qoldi.
- hoy qiz nimaga baqirasan!?
- Mambini qaren.
- Isming nima sani.
- Gulhayo.
- Gulhayo. Qani hayo.
- (qiz mandraj, shok holatga tushib qoldi).