Assalom-alaykum va rahmatullohu va barakatuhu. Janob Usmonbek,sizning mulohazalaringiz,o'ylaymanki ,kaminaga va kamina keltirayotgan hayotiy faktlar va xabarlarga qaratilgandir. Bu xabarlar va misol keltirishlar,'chaynash' uchun emas,fikr bildirish uchun,ibrat olish uchun,boshqalarga to'g'ri saboq berish uchun berilyapti. Va bu illatlarning misollar bilan e'tiborga havola etish bilan ,men birovlarni sharmanda qilmoqchi ham emasman. Bularni allaqachon,bir men emas ,guvoh bo'lgan barcha odamlar,qolaversa ayrim xabarlarni butun olam biladi. Faqat ko'rmagan,eshitmaganlarga mulohaza bildirishlari uchun,o'rtaga tashlayapman. Yana bir bora qaytaraman,bu harakatlarim,shu xabar va misollarni o'qiganlarning fikrlarini,munosabatlarini bilish va bildirishga qaratilgan. To'g'ri milliylik va musulmonchiligimizda birovning nomiga isnod keltirish yomon. Ammo,hamma bilgan narsani forumga qo'yishning nimasi yomon?