* * *
Abu Bakr qaq dinga iymon keltirgandan so‘ng o‘z qavmini ham islomga da’vat qila boshladi. Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Talha ibn Abdullohlar uning undovi bilai ikki dunyo saodatiga erishdilar.
Xotamul anbiyo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men kimni islom diniga chaqirsam ikkilanar va so‘zlarimni eshitishdan yuz o‘girardi. Lekin, Ibn Qahofaga bundan so‘z ochsam, u so‘zimni shubhaga burmasdan, qalbi va tili bilan tasdiqladi. Alloh undan rozi bo‘lsin".
Arqam ib.n Abul Arqam Maxzumiy ham islomni qabul qildi. Uning hovlisida Payg‘ambar alayhissalom va u kishinint sahobalari to‘planishar edi. U Quraysh mushriklarining ko‘zidan uzoq va haramga yaqin joy edi. Bu hovli tarihda "Dorul Arqam" degan nom bilan qolgan.
Shu tariqa musulmonlar safi kundan kunga kengayib bordi. Mushriklar islomni qabul qilgan cho‘ri va qullarini har xil qiynoqqa solar va dinidan qaytishga majburlar, musulmonlar ham har xil qiynoq va tazyiqlarga uchrar edi. Abu Bakr roziyallohu anhu Alloh yo‘lida mushriklardan ozor ko‘rayotgan qul va cho‘rilarni sotib olib ozod qilar edi. Bilol ibn Raboha, Amr ibn Fuhayra, Ummu Amis, Zunniyra, Nahdiya va uning qizlari, Mu’malning joriyasi shunday ozod qilingan qullar sirasiga kiradi. U bu yo‘lda molu davlatini ayamay sarflardi.
Uning bu ishlaridan otasi xabar topib aytdi: "Ey o‘g‘lim, sen zaif qullarni sotib olib ozod qilyapsan, agar kuchli qullarni ozod qilsang, seni himoya qilar va hurmatingni joyiga qo‘yar edi".
Abu Bakr (r.a.) hali islomni qabul qilmagan otasiga shunday dedi: "Ey otajon, men Alloh yo‘lida shu ishni qilishni xohladim". Abu Bakrning bu saxiyligi va oliy janobligi xususida Alloh taoloning ushbu oyati karimasi nozil bo‘ldi:
"Ana endi kim (o‘z mollaridan kambag‘al bechoralarga berilishi lozim bo‘lgan zakot va boshqa sadaqalarini) ado etsa va (Allohdan )qo‘rqsa, bas Biz uni oson yo‘lga muyassar qilurmiz." (Layl surasi, 5-7 oyatlar).
Har kuni musulmonlar Arqamning hovlisida mushriklardan yashirinib yig‘ilar edi. Namozni o‘qib bo‘lgach, Abu Bakr (r.a.) aytdiki: "Albagta biz haq yo‘ldamiz, qurayshliklar zalolatdadir. Allohning uyida turgan holda qanday qilib mushriklardan qo‘rqib o‘tiramiz? Qachongacha nur dunyo zulmatida qoladi!?".
Ba’zi sahobalar so‘rashdi: "Ey Abu Bakr, shunday qila olamizmi?"
Rasululloh alayhissalom aytdilar: "Hali biz juda ozmiz".
U to‘lqinlanib gapirar va Rasululloh alayhissalomni Allohning kalomini oshkora qilish uchun masjidga chiqishga undardi. Hech qancha vaqt o‘tmasdan Rasululloh masjidga yo‘l oddilar. U zotga ergashib, sahobalar ham birga chiqishdi. Birgalikda masjidga kirdilar va shunda Abu Bakr mushriklarga xitob qildi.
Quraysh ulug‘lari aytdiki: "Ey Abu Qahofaning o‘g‘li, odamlar oldida ustimizdan kulyapsanmi, bunisi yetmagandek, olihalarimizni haqorat qilayapsanmi? Albatta, bu ishing fitnadir. Agar biz indamasak, Makkada yomonlik ko‘payadi".
Quraysh mushriklari Abu Bakr ustiga tashlanib, juda qattiq kaltaklashdi. Hattoki yuzlari yorilib, ko‘p qon oqdi. Sahobalar u kishini uylariga ko‘tarib ketishdi.
Abu Bakrnint kaltaklanishi Payg‘ambarimiz alayhissalomga og‘ir botdi. Bir kuni u Rasulullohdan Xabashistonga hijrat qilishga ruxsat so‘radi. Ruxsat olganlaridan so‘ng tinch va xotirjam yashash istagida Xabashistonga yo‘l oldi. Abu Bakr moli, oilasi, Rasulullohni Alloh yo‘lida vaqtincha tark etib, Makkadan uzoqka yo‘l oldi va Alloh yo‘lida muhojir bo‘ldi. Makkadan chiqib borarkan, yo‘lda qabila raisi Ibn Dug‘unani uchratib qoldi va "Qaerga ketyapsan, ey Abu Bakr?" deb so‘radi. U to‘g‘risini aytib berdi: "Qavmim menga ko‘p aziyat berib siquvga oldi. Makkadan ketishdan boshqa ilojim qolmadi".