Sirni to'rt xil darajaga bo'laman. To'rtinchisi vaqtinchalik sirlar, bir kuni ayon bo'ladi. Uchinchisi biror sirdoshga aytiladigan sirlar, aytilganidan so'ng u yog'i Ollohga tavakkal, yo sirligicha qoladi, yoki oshkor bo'ladi! Ikkinchisi saqlanadigan sirlar - hech kimga aytilmaydi! Birinchisi... birinchisi shunday sirki uni saqlash tugul o'zim ham unutvorsam deyman...