Assalamu alaykum. Shu 5 kunlik umrimiz davomida nimalarga erishdik, nima narsa qalbimiz tubida armon bo'lib qolgan? Bu savolni men o'zimga berib ko'rdim, yurak tub-tubidan ushbu savolimga qoniqarli javob bo'lmadi. Siz-chi? Umringiz davomida nimalarga erishdingiz? O'zingiz sevgan kasbni egalladingizmi? Hayotingiz davomida ulgurolmagan yohud qachonlardir bajarilishi kerak bo'lgan vazifalaringizni bajardingizmi? Kasbingiz o'zingizga yoqadimi? Shular haqida dildan suhbatlashsak...
Wa alaykum assalam!
Chiroyli savol bo'libdi. Tanlagan kasimdan qoniqmayman. Uyda o'tirish afzal o'sha kunlarga yetkazsin!
Meni juda yoqtirgan kasblarim ko'p.
1-Qassoblik. Bilmadim nimaga, lekin go'shtni maydalashni yahshi ko'raman. Uyga go'sht kelsa, olib kelsam o'zim maydalayman. Ba'zida talashib qolamiz adam bilan, menga boshqa ish buyurib qo'yib, o'zlari maydalab qo'yadilar
2. Shifokorlik. Onamdan o'tgan bo'lsa kerak. Bilmadim, odamlarga yordam berishni sevaman.
3. Radioboshlovchilik. (O'zim yoqtirgan ashulalarni boshqalar ham eshitsa deyman, lekin bu hammaga ham yoqavermasligini keyin tushunib yettim
)
4. Tijorat. Savdoda baraka bor InshaAlloh.(Lekin bu armon bo'lib qolmagan, Xudo xoxlasa bo'lib qolar bir kuni.)
Men o'zim sevgan kasbni egalladim deb ayta olaman. Lekin ayni kasbim bo'yicha ishlamayman. Ishlab ko'rdim. Eplay olarkanman domlalikni ham
Yaqin kelajakda institutdan dars olish niyatim bor.
Hozirgi ishlayotganim kasbim bilan hamohang ish. Allohga behisob shukr!
Savol uchun rahmat, yahshi savol ekan.