Eng xayirli sov'ga
Jiyanim oilada yol'giz, erka qiz edi, bir paytlar din va islomdan xabari yo'q, oddiy qiz...
Bundan 4 yil avval ota-onam hajdan qaytishdi. Va ammamlarga (onasiga) jimjimador Quroni karim sovg'a qilishdi. Madinadan olishgan ekan. Bir saxiy inson duo bilan beribdi, dadamlar ham shu Quronni Hilolaga (jiyanim) ber, Alloh uniyam Quronxon qilsin deb duo berdilar.
O'shanda buni eshitgan odamni beixtiyor kulgisi kelgan bo'lardi: Quron qaeyrdayu, Hilola qayerda deb. Jiyanimni o'zini aytishicha ham onasi olib borib berganda, varoqlab ko'rib kim o'qiydi endi buni desa, sizda, deptilar onasi. Man 100 yildayam buni 1 varog'ini o'rganolmasam kerak, dedim deydi, lekin mehrim tushdi, ko'zimga chiroyli ko'rinib, bir kun kuuuni bilan o'trib, chiroyli matohdan jild tikibdi.
Orada ko'p o'zgarishlar bo'lib o'tdi, ammo atigi 4 yil o'tib, bugun u oldingi qizdan asar ham qolmadi. Bugun u ko'pchilikka Quron o'rgatadigan, namozga davat qialdigan, amri ma'ruf nahiy munkar qiladigan bir muslima bo'lib yetishdi. Alloh shuni istagan ekan Subhanallah
Duo sharofati bilan. Saxiylar, solihlar duosining ijobati bilan. Hayotimdagi eng yaxshi sovg'a deb eslab turadi.