Eski ish joyimda ishlab yurganimda koreyalik boshlig'imiz yana bir tarjimon ishga olmoqchi bo'ldi. Xullas, bir yigitcha suhbatdan o'tish uchun keldi. Menga "Falon institutning falon fakultetini bitirdim", deb maqtanib qoldi. Koreyalik boshlig'imiz bilan suxbatlashgandi: koreys tilini yaxshi bilmasligi ma'lum bo'ldi. Uni ishga olishmadi. O'sha yigitga koreyalik boshlig'imiz shunday degandi:"Hatto dunyoga mashhur Garvard universitetining diplomiga ega bo'lsang ham, eng avvalo biliming kuchli bo'lsin. Tarjimon degan diploming bo'lsayu, o'zing o'sha tilni bilmasang, bu institutdagi 4 yillik umring zoye ketibdi, deganidir. Xaliyam bo'lsa o'qib-o'rgan!"