Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 484535 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 ... 114 B


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:50:20

9-bob. Qur’onni tajvid birla o‘qimoq haqida

Olloh taoloning qavli: «Axir, biz sizga nozil qilgan va ularga (har vaqt) tilovat qilinayotgan bu Kitob ularga kifoya qilmaydimi?!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo hech narsaga Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tajvid birla qilgan qiroatlariga quloq solganchalik quloq solmagan»,— dedilar»

Abu Hurayra raziyallohu anhudan nakl qilinadiki, «Payg‘ambar alayhissalom «Olloh taolo hech bir narsani Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tajvid birla qilgan qiroatlarini eshitganchalik eshitmagan»,— dedilar»

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:50:33

10- bob Quron o‘quvchiga hasad qilmoq haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman: «Hasad qilish mumkin ermas, ammo ikki kishiga hasad qilsa bo‘lur ulardan biri — agar Olloh taolo bir kishiga Qur’on ato etgan bo‘lsa-yu, u kechayu kunduz Qur’on tilovati birlan mashg‘ul bo‘lsa, ikkinchisi — bir odamki, Olloh taolo unga halol mol bergan bo‘lsa-yu, u kecha-yu kunduz uni sadaqa qilib turgan bo‘lsa»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:50:53

11-bob. «Orangizdagi yaxshi kishilar — Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga ham
o‘rgatuvchilardur»


Usmon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Sizlarning orangizdagi yaxshilaringiz — Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga ham o‘rgatuvchilardur»
—   dedilar»

Usmon ibn Affon raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam «Darhaqiqat, sizlarning fazlda ulug‘roqlaringiz — Qur’onni o‘rganib, uni boshqaga ham o‘rgatuvchingizdur!» — dedilar»

Sahl ibn Sa’d aytadilar: «Bir xotin Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, o‘zini Olloh taolo yo‘lida uning payg‘ambari uchun tortiq qilganini aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mening xotinlarga hojatim yo‘q»,— dedilar. Shunda bir sahobiy «Ey Ollohning rasuli bu ayolni menga nikohlab beringiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Unday ersa, ayolga mahr ber!» — dedilar. Sahobiy «Mahr topolmagayman»,— dedilar. Janob Rasululloh «Bir temir uzuk bo‘lsa ham una ber!» — dedilar. Sahobiy xafa bo‘lib jim qoldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qur’ondan nelarni bilursan?» — deb so‘radilar. Sahobiy «Falon va falon suralarni» — deb aytdilar. Janob Rasululloh «Men bu ayolni o‘shal o‘zing bilgan Qur’on evaziga senga nikohlab qo‘ydim»,— dedilar»

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:51:13

12- bob Qur’onni yoddan o‘qimoq haqida

Saul ibn Sa’d aytadilar: «Bir ayol kelib Janob Rasulullohga «Ey Ollohning rasuli, men sizga o‘zimni hadya qildim!» — dedi. Janob Rasululloh unga boshdan-oyoq bir qarab chiqdilar-da, boshlarini quyi egdilar. Ayol o‘zi haqida ul zotning bir qarorga kelmaganlarini ko‘rib, o‘ltirdi. Janob Rasulullohning ashoblaridan biri turib «Ey Ollohning rasuli, agar sizning bu ayolga hojatingiz bo‘lmasa, uni menga nikohlab qo‘yingiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam undan «Mahrga biror narsang bormi?»—deb so‘radilar. Sahobiy «Xudo haqi, yuq!»— dedilar. Janob Rasululloh ul kishiga «Uyga borib qara-chi, ehtimol biror narsa toparsan!» — dedilar. Sahobiy ketib, yana qaytib keldilar-da: «Xudo haqi, yo Rasulalloh, hech narsa topolmadim!» — dedilar. Janob Rasululloh yana «Qara-chi, temirdan yasalgan uzuk bo‘lsa ham, mayli!» — dedilar. Sahobiy yana uyga borib, qaytib keldilar-da: «Ey Ollohning rasuli! Temir uzuk ham yo‘q erkan, lekin mana bu ishtonim bor»,—dedilar. Bechora sahobiyning ustlarida hatto ko‘ylaklari ham bo‘lmay, birgina ishtonlarining yarmini ayolga mahr uchun bermoqchi bo‘ldilar. Janob Rasululloh «Ishtoningni qanday mahrga berasan? Agar uni sen kiysang, ayolga va agar ayol kiysa, senga hech vaqo qolmaydi-ku|»— dedilar. Sahobiy uzoq o‘ltirib qoldilar. Keyin, o‘rinlaridan turdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rdilarki, sahobiy ketayotirlar, ul kishini darhol chaqirtirib: «Qur’ondan qancha sura bilursan?»—deb so‘radilar. Sahobiy «Qur’onning falon va falon surasini bilurman» — deb o‘zlari bilgan suralarni sanab berdilar. «Ularni yoddan qiroat qila olursanmi?» — dedilar. Janob Rasululloh Sahobiy «Ha»,— deganlaridan keyin, ul zot «Bor, o‘zing bilgan Qur’on evaziga seni bu ayolga ega qildim! — dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:51:31

13- bob Qur’onni yodlagan kishining uni takrorlab, mustahkamlab turmog‘i
lozimligi haqida


Ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sohibi Qur’on (hofizi Qur’on) boglab qo‘yilgan tuyaning egasiga o‘xshaydi. Agar u uni bog‘liqda saqlab ehtiyotlasa, olib qolgay, bo‘shatib yuborsa, ketib qolgay»

Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Kishining «Men mana bu va mana bu oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’onni hech kim o‘zicha esidan chiqarmagay, balki esidan chiqartiriladi. Qur’onni doim takrorlab turingizlar, chunki uning odamlar dilidan chiqib ketishi sho‘x tuyadan ham tezroqqur!»

Abu Muso razilllohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: «Qur’onni takrorlab turingizlar, chunki u, mening jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, bog‘liq tuyadan ham qochuvchanroqdur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:51:47

14-bob. Ulov minib turib Qur’on qiroat qilmoq haqida

Abdulloh ibn Mugaffal: «Men Makka fathi kuni Janob Rasulullohning tuyalarida o‘ltirib «Fath» surasini qiroat qilganlarini ko‘rdim»,— deydilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:52:10

15-bob. Bolalarga Qur’onni o‘rgatmoq haqida

Sa’id ibn Jubayr: «Sizlar «mufassal» deb ataydirgan suralarning hammasi «muhkam» suralardur»,— dedilar. Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etgan paytlarda men o‘n yashar bola bo‘lib, «muhkam» suralarni yod olgan erdim»,— dedilar».

Ibn Abbos: «Men «muhkam» suralarni jamladim»,— dedilar. Sa’id: «Muhkam nedur?» — dedilar. Ibn Abbos: «Muhkam — mufassal, ya’ni batafsil suralardur»,— dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:52:29

16- bob. Qur’onni yoddan chiqarmoq haqida, «Men falon va falon oyatlarni yodimdan chiqardim» — deb aytish mumkinmi?

Olloh taoloning qavli: «Biz sizni qiroat qildirurmiz. Bas, siz Ollohning o‘zi unutishingizni xohlagan oyatlardan boshqasini unutmagaysiz»

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam masjidda bir kishining qiroat qilayotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni mening yodimga solib qo‘ydi»,—dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi bir kishining bir surani o‘qiyotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni esimga soldi, bu oyat mening esimdan chiqartirilgan erdi»,— dedilar».

Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kishining «Men falon va falon oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’on o‘zicha esdan chiqmagay, balki unuttirilgay»,— dedilar».

Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kishining «Men falon va falon oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’on o‘zicha esdan chiqmay, balki unuttirilgay»,— dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:52:50

17- bob. «Baqara» yoki falon va falon sura deb aytilsa, gunoh sanalmasligi haqida

Abu Mas’ud al-Ansoriy aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Baqara» surasining oxirida ikki oyat bor bo‘lib, kimki ularni kechasi o‘qisa, unga kifoya qilgay»,— dedilar».

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Hishom ibn Hakimning «Furqon» surasini Janob Rasululloh o‘rgatmagan uslubda o‘qiganini eshitdim. Namozda boshiga chang solishdan o‘zimni tiydim. Namozni o‘qib bo‘lguncha sabr qildim, keyin libosini boshiga o‘rab ushladim-da, unga: «Hozir sen o‘qigan surani senga kim o‘rgatdi?»—dedim. Hishom: «Menga buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rgatganlar»,— dedi. Men unga: «Yolg‘on gapirayotirsan, xudo haqi, bu surani menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshqacha o‘rgatganlar!» — dedim. Uni yetaklab Janob Rasulullohning oldilariga keldim. «Ey Ollohning rasuli, manavi «Furqon» surasini siz menga o‘rgatgandan boshqa uslubda o‘qiyotir. Bu surani siz menga o‘rgatgan erdingiz»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Hishom, o‘sha surani o‘qi!» — dedilar. Hishom o‘sha men eshitgan uslubda o‘qidi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xuddi shunday nozil qilingan»,— dedilar. Keyin, menga: «Ey Umar, siz ham o‘sha surani o‘qingiz!»—deb buyurdilar. Men Janob Rasululloh menga o‘rgatganlaridek qiroat qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xuddi shunday nozil qilingan. Darhaqiqat, Qur’on yetti harfda (etti uslubda qiroat qiladirgan qilib) nozil qilingan. Bas, qaysinisi o‘zingizga oson bo‘lsa, o‘sha uslubda o‘qingiz!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi masjidda bir qorining Qur’on o‘qiyotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni esimga soldi, men uni tushirib qoldirar erkanman»,— dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:53:33

18-bob. Qiroatda tajvidga rioya qilmoq lozimligi, Olloh taoloning «Qur’onni tajvid qoidasi birlan o‘qingiz!» va «Sizning Qur’onni odamlarga astasekin o‘qib bermog‘ingiz uchun biz uni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» degan qavllari hamda Qur’onni she’r singari bo‘lib-bo‘lib o‘qishning makruhligi haqida

Abdulloh ibn Mas’uddan naql kilinadi: «Bir kishi: «Men o‘tgan kecha «mufassal»ni o‘qib chiqdim»,— dedi. Abdulloh unga: «She’r singari o‘qigansan. Biz haqiqiy qiroatni eshitganmiz. Men Qur’ondagi «nazira» suralarni Janob Rasulullohning o‘zlaridan o‘rganib yodlaganman. Ularning o‘n sakkiztasi «mufassal» va ikkitasi «ho-mim» jumlasiga kiruvchi suralardur»,— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu «Lo tuharrik bihi lisonaka» oyati haqida bunday deb rivoyat qiladilar: «Qachon Hazrat Jabroil vahiy keltirsalar, Janob Rasululloh tillari va ikki lablarini harakatlantirar erdilar, buning ul zotga mashaqqatli erkanligi shundoqqina sezilib turardi. Bas, Olloh taolo «Lo uqsimu» surasidagi «yodlab olishga oshiqib vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz, Qur’onni dilingizga jo qilish, uni tilingizda o‘qitish bizning zimmamizdadur» ya’ni, «Vahiyni qalbingizga joylash va uni o‘qitish bizning zimmamizdadur, qachon biz Jabroil tili orqali o‘qib bo‘lsak, shundagina siz unga ergashingiz, agar biz vahiy nozil qilsak, avval uni eshitingiz, - keyin uni sizning tilingiz birlan bayon qilurmiz» degan mazmundagi oyatni nozil qildi. Shundan keyin, qachon Hazrat Jabroil vahiy keltirsalar, ul zot sukut saqlar, ketganlaridan keyin ersa Olloh va’da qilgandek o‘qir erdilar».

Qayd etilgan