Tobutni olib borish va mayyitni ko‘mish
1. Tobutni qabristonga olib borishda, to‘rt tomonidan to‘rt kishi yelkasiga ko‘tarishi sunnatdir.
2. Tobutning avvalo bosh tomonidan oladi, so‘ngra oyoq tomonidan o‘ng yelkada ko‘tarish kerak. Keyin chap tomoniga o‘tib, avval bosh, so‘ngra oyoq tomonidan chap yelkada ko‘tariladi. Har tomondan o‘n qadamdan, jami qirq qadam ko‘tarib yurish mustahabdir.
Izoh: Negaki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Kim tobutni qirq qadam ko‘tarsa, qirqta katta gunohlari o‘chiriladi (kechiriladi) ", deb marhamat qilganlar.
3. Tobutdagi jasadni tebratib yubormaslik sharti bilan, olib ketilayotganida tez yurish mustahabdir.
Izoh: Buhaqda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi vd sallam: "Tobutni qabriga olib borishda tez yuring (shoshiling). Chunki mayit yaxshi odam bo‘lsa, uni kutib turgan mukofotlarga tezroq yetkazish o‘rinlidir, agar mayit yomon odam bo‘lsa, uni yelkalaringizdan tezroq tushirib, qutulganingiz yaxshidir", deganlar.4. Tobut ortidan ergashishning undan oldinda yurishdan afzalligi xuddi farz namozning nafl namozdan ustunligi kabidir.
5. Tobut olib ketilayotganida baland (jahriy) ovoz bilan zikr qilish makruhdir.
6. Qabristonda tobut yerga qo‘yilmasidan oldin o‘tirish ham makruhdir.