133. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œBir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilaridan chiqdim. Bir payt yo‘l ustida turgan, yuzini o‘ragan bir xotinni ko‘rdim. Aytdi: "œEy Abu Hurayra, men katta gunoh qildim, men tavba qilsam bo‘ladimi?" "œNima gunoh qilding?", deb so‘radim. "œMen zino qildim va zinodan bo‘lgan bolani o‘ldirdim". Unga: "œHalok bo‘libsan, halok qilibsan! Allohga qasamki, senga tavba yo‘q", dedim. "œU qattiq qichqirib, hushidan ketdi, men ketdim. Keyin o‘zimga o‘zim aytdimki, Rasululloh (s.a.v.) oramizda tursalar-u, men fatvo beraymi? Tongni ottirib ertalab Rasulallohning (s.a.v.) oldilariga kirdim. "œYo Rasulalloh, bir xotin mendan kecha falon-falon fatvoni so‘radi, men shunday-shunday, deb fatvo berdim". Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: "œBizlar Allohnikimiz, albatta, Allohga qaytguvchimiz, sen, Allohga qasamki, ey Abu Hurayra, halok bo‘libsan va halok qilibsan!
"œUlar Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishin harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar..." oyatidan to:
"œAlloh ularning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir" (Furqon, 68, 70) oyatigacha nozil bo‘lganda sen qaerda eding".
So‘ngra Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilaridan chiqdim, men Madina ko‘chalarida yugurar va kecha mendan fatvo so‘ragan ayolni menga kim dalolat qiladi, deb so‘rar edim. Bolalar, Abu Hurayra jinni bo‘libdi, derdilar. Keyin kechasi o‘sha xotinni oldingi joyida uchratdim. Va Payg‘ambarning (s.a.v.) aytganlarini unga bildirdim. Va unga tavba borligini aytdim. Xursandchiligidan qichqirib yubordi va: "œMening bir bog‘im bor, o‘shani qilgan gunohim uchun kafforat etib, kambag‘allarga sadaqa qildim", deb aytdi".
Alloh kalomida zikr qilindi:
"œMagar kim tavba qilsa va imon keltirib solih amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik — savoblarga aylantirib qo‘yur" (Furqon, 70).
Ba’zilar aytadilar: "œAlbatta, banda gunohlaridan tavba qilsa, o‘tgan gunoh amallarining hammasi yaxshiliklarga aylanadi".
Shuningdek, Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œInson qiyomat kunida kitobiga qaraydi, avval gunohlarini ko‘radi, oxirida yaxshiliklarini. Keyin birinchi kitobga qarasa, uning hammasida yaxshiliklarini ko‘radi".
Abu Zarr G‘iforiy Payg‘ambardan (s.a.v.) qilgan rivoyatda ham shunga o‘xshashdir — Alloh kalomida: "œO‘shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik — savoblarga aylantirib qo‘yur", deydi. Uning ma’nosida aytiladi: Yomon amaldan solih amallarga aylanadi. Yomon amallar o‘rnini yaxshilik amallari egallashi uchun Alloh taolo muvofiq qilib qo‘yadi.
Nechukkim, Alloh taolo aytdi:
"œO‘shalarning yomonlik — gunohlarini yaxshilik —savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh kechirguvchi, rahmli zotdir" (Furqon, 70), ya’ni tavbasidan oldingi qilganlarini kechirguvchi, tavbadan keyin ularga rahm qilguvchi zotdir.
Biling, ey birodar, kufrdan ulug‘roq gunoh yo‘q. Alloh taolo aytdi:
"œ(Ey, Muhammad!) Kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kufrlaridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur" (Anfol, 38).
Endi kufrdan boshqalarini qo‘yavering!