Assalomu alaykum.
Admin aka rasmlar uchun rahmat.
Jasonnur boshi sug`urib olingan ajdahoga o`xshatgan daraxtlar mana shu Farhod haykali orqasida joylashgan.
PS: Navoiy shahrini cho`l deb o`ylaydigan ba`zi forumdoshlarimiz diqqatiga : Ular avval Navoiyga kelishsin keyin, mulohaza yuritishsin (hazil)
Ha, shaharda daraxtlar juda ko'p. Ayniqsa markaziy ko'chadagi archalarga xavas qilsa arziydi. Farhod saroyi atrofidagi maydondagi daraxtlar, gullar, fontanlar, turli g'aroyib haykalchalar kishini o'ziga tortadi.
Navoiyning markaziy ko'chasi ikki tomoni va o'rtasi mana shunday katta archalar bilan bezatilgan.
Navoiy viloyati hokimiyati binosi.