Kechqurun Abdulaziz tez-tez hapshura boshladi. Qarasam burni ham oqyabdi:( Gripp bo'ldimikan, deb dadasi bilan jonimiz halak bo'ldi. Bola ekan-da mazasi yo'qligidan xabari yo'q odatdagiday bizga kulimsirab, o'yinlarini o'ynayabdi.
İstimasi bo'lmagani uchun kasalxonaga borishga shoshilmadik, ham tashqarida yomg'ir, havo darajasi ancha tushgandi. Yana bolani badtar kasal qilmaylik, deb qo'rqdik. Butun kayfiyatimiz tushib ketdi. Teginsangiz yig'laydigan holda edik:(
4.5 oylik bolaga qanaqa ham dori-darmon berardingiz..."Ey Xudoyim, dedik, O'zing shifo ber, achin bizlarga"
Shunda ho'jayinim: "Qaragin dedilar, biz ota-onalar bu dunyoda farzandimizni salgina mazasi bo'lmasa jonimiz halak bo'lib ko'zimizga dunyo qorong'u ko'rinadi. Agar birov tashqarida bolamizga bir musht tushirsa uni o'ldirishga ham tayyor turamiz. Lekin, haqiqiy dunyoning so'roq-savoli uchun bolamizni tayyorlayabmizmi? Agar unga Alloh qo'rquvsini bermasak, qullik vazifalarini o'rgatmasak uning (Alloh saqlasin iloyim) jahannam otashida yonishini o'ylayabmizmi? Farzand totli, lekin faqat uning bu dunyosi uchun g'am yesak, demak asl gunohkor biz ota-onalarmiz"... Bu gaplarni eshitib etim jimirlab ketdi...
Duo qildik: "Ey Rabbim O'zingga qul ayla farzandimiz-dilbandimizni. Uning joni biz uchun shunchalar shirinki, uni har ikki dunyoda shafqating bilan qo'ri..."
Rabbim bizlarni farzandlarimiz bilan imtihon etmasin iloyim azizlar...
(Bugun ancha yaxshi, alhamdulillah)