Gail Wood
O’qish Sirlari
KIRISH
Qulay shart-sharoit va yaxshi kayfiyatning o’qib-o’rganishga aloqasi bormi? Albatta! O’qishga faqatgina o’zingizga xos uslub bilan yondashar ekansiz, aslo qiynalmaysiz. Qo’lingizdagi kitobni o’qishga kuniga atigi 20 daqiqa sarflar ekansiz, siz o’qib-o’rganishning turlicha usullarini egallab borasiz. qishingizdan eng yaxshi natijani olishda sizga nima yordam bera olishi mumkinligini aniqlab olishingiz lozim. Atrofdagi boshqa odamlar qanday o’qishni sizga o’rgata olmaydilar. Ular aytadiganlari faqatgina O’ZLARI uchun nima yordam berishi haqida bo’ladi. To’g’ri, agar boshqalarning maslahatlariga amal qilsangiz, bu qaysidir ma’noda foydali bo’lishi mumkin. Ammo, sizning uslubingiz ularnikidan farqli bo’lsa, tavsiyalar befoyda hamda vaqtingizni bekorga sarflagan bo’lib chiqasiz.
O’QIB-O’RGANISH JARAYONIGA MOSLASHISHSamarali o’qib-o’rganishning eng yaxshi usullarini tanlab olishda yordam maqsadida bu kitobda sizga bir necha savollar beriladi. Ammo shuni yodda tutingki, bu yerda "œto’g’ri" yoki "œnotog’ri" degan javoblar bo’lmaydi. Har bitta savol shunday tuzilganki, sizning qanday o’qib-o’rganishingizni aniqlab olishga va o’sha uslublarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bular matnni o’qish, ma’ruzani tinglash, kurs ishini yozish yoki testga tayyorgarlik bo’lishi mumkin. Qaysilari sizga ko’proq mos bo’lsa, o’shalarni ko’proq bajarishingizga ko’mak beriladi.
Misol uchun, ayni hozir shu satrlarni o’qir ekansiz, o’zingizga mos o’qib-o’rganish usullarini qo’llamoqdasiz. Balkim ovoz chiqarib o’qiyotgandirsiz. Ehtimol, ichingizda o’qib, o’z ovozingizni "œeshitish" orqali ma’lumotlarni qabul qilayapsiz. Kimdir qog’ozga suratlarni, shartli belgilarni chizib borishi mumkin. Yana kimdir ma’lum bir tartibda, xayolida sxemalar chizgan holda ma’lumotni qabul qiladi.
Bularning har biri alohida o’qib-o’rganish uslubi hisoblanadi. Shu kitobning dastlabki boblari o’z uslubingizni aniqlab olishda yordamlashadi. Keyingi boblar esa o’z uslubingizni qanday rivojlantirish, undan qay yo’sinda ko’proq foydalanishingizga ko’maklashadi.
Quyidagi yorliqchalar kitobimizda tasvirlangan beshta o’qib-o’rganish uslubi anglatadi.