V) Koinotdagi qora tuynuklar (Moddiy olamning eng katta sirlari)
"Voqea" surasi (56-sura) 75-oyati:
Falo uhsimu bi mavohi’ un—nujum,- deb boshlanadi.Yuqorida ko‘rganimizdek, bu yerda ham Olloh katta koinot sirlarini ko‘rsatayotir, ya’ni:
Botgan yulduzlarning joylariga qasamki...
So‘ng oyat juda qiziq jumla bilan davom ettiriladi:
Va innahhu lo qasamu lav ta’lamuna a’zim (76-oyat)
Ya’ni:
Va bu, naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar...
Bu oyat keltirilgan sura "voqea"ning ma’nosi "mudhish hodisa"dir. Endi yer yuzining man-man degan fiziklaridan: "Koinotda eng mudhish hodisa nima?" - deb so‘rang, oladigan javobingiz bitta «bu -qora tuynuklar» bo‘ladi. Qora tuynuklar - bu, qazosi yetib, botib ketgan, g‘oyib bo‘lgan, yo‘qolgan yulduzlarning joylari, mavqe’laridir. Qur’on mo‘jizasini, bu aql bovar qilmas mo‘jizani ko‘rmayotirsizmi?
Endi avval bir yulduzning qazosi yetib qaylargadir botib ketishi, g‘oyib bo‘lishi voqeasini fizika ilmining eng yangi kashfiyotlari asosida tadqiq qilaylik.
Xo‘sh, yulduz qanday o‘ladi? Fizika va astro-fizikaning kosmik tadqiqotlari masalani bugun katta miqyoslarda izohlab berdi. U yoki bu yulduzning energiyasi tamom bo‘lgan paytda, avvalo, uning molekulalari harakatdan qoladi va usti-ustiga yiqiladi. Shuning orqasida (shu tufayli) yulduz buzilib, kichraya boshlaydi, ma’lum bir vaqtdan keyin esa, elektronlar atom mag‘izlarining markaziga yiqiladi. Shu tariqa yulduz atom mag‘izlari uyumi holiga keladi. Bu asno yulduz million-million bora kichraygan bo‘lsa-da, uning jozibasi va tiqinligi o‘zgarmagan bo‘ladi. Elektronlarning mag‘iziga yiqilishi, ya’ni mag‘zga tushganligi boisidan mag‘izdan kvantlar, nur to‘lqinlari taraladi, bu taralish ritmik holdadir va bir tomirga o‘xshab uradi. Bu, o‘layotgan yulduzlarning qalbidagi so‘nggi zarbalardirki, har 0,01-0,02 soniya sayin to‘lqin-to‘lqin chiqayotgan bu nurlar tomir urishi manzarasini eslatgani uchun, ular pulsar ("puls" so‘zidan) deb ataladi.