O'zbek xalq maqollari  ( 337077 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:17:07

Oziqlangan yer,
To'ydiraman der.

* * *

Oziqli ot horimas,
Horisa ham orimas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:17:14

O'zg'in otning ozig'i kam.

* * *

Oriq semirar,
Och to'yinar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:17:21

Ot oriqlikda ko'rimsiz,
Qiz - yetimlikda.

* * *

Ot to'rvadan qariydi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:17:28

Ot o'lsa, it quturar,
Eshak o'lsa - bo'ri.

* * *

Otni yem bilan hayda.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:17:36

Och uyda qatiq uyumas.

* * *

Och qorinda non turmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:17:44

Oshiq o'ynagan - arzonchilik,
To'piq o'ynagan - to'qchilik.

* * *

Palaxmon tosh tushgan yerida o'gir.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:17:52

Pichoq qancha o'tkir bo'lsa ham,
O'z sopini kesolmas.

* * *

Pishirgani topilsa,
Oshirgani topilar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:17:59

Pul bo'lsa, changalda sho'rva.

* * *

Pul tilni biyron, dastni daroz qilar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:18:07

Puli borlar - yo'rg'a-yo'rg'a,
Puli yo'qlar - zo'rg'a-zo'rg'a.

* * *

Puli borning og'zi o'ynar,
Puli yo'qning ko'zi o'ynar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:18:22

Puli borning ishi o'ng.

* * *

Pulim,
Pulim bo'lsa,kimlar bo'lmaydi qulim.

Qayd etilgan