TABAQOT (tabaqaning ko‘pligi; "qatlam", "avlod", "daraja") - ma’lum bir vaqt oralig‘ida yashagan shaxslar, "avlodlar tarjimai holi" (biografiyasi).
Arab tarixshunosligida T. Biografik janrning maxsus tarmog‘ini tashkil etib, unda material xronologik tartibda, avlodlar bo‘yicha, eng dastlabkisidan so‘nggisigacha (Muhammad (sav)ning safdoshlari - sahobalar, so‘ng ularning shogirdlari va b.) joylashtirilgan. Regaonal tamoyilga ham rioya qilingan - material shaharlar, alohida mavzelar va Xalifalikning viloyatlari (ba’zan butun islom dunyosi tegrasida) bo‘yicha taqsimlangan. T. adabiyoti hadis ilmi ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. U isnodning haqqoniylik darajasini aniqlashda ma’lumotnoma rolini o‘ynagan. Bizgacha T. turidagi yetib kelgan eng ilk asar Ibn Sa’d (784-845)ning "Kitob at-tabaqot al-kabir"dir. Asarda hadislar aytgan 4250 shaxs (sahobalardan boshlab)ning tarjimai holi keltirilgan. Islomning dastlabki davrida T. asosan hadis bilimdonlari va faqixdarga atalgan. Biroq, madaniy ehtiyoj va ilm-fan taraqqiyoti keyinchalik turli kasb va darajadagi shaxslarning (shoirlar, adiblar, kotiblar, vazirlar, tilshunoslar, tabiblar, donishmandlar, va’zxonlar, qorilar, faqixdar, sufiylar va b.) avlodlarini xronologik tartibdagi T.lari paydo bo‘lishiga imkon berdi.