Yurak oldirgan. Odam tish, soch — soqol, tirnoq oldirishi mumkin. Biroq yurak oldirib bo’lmaydi. Aks holda, yuraksiz, demakki, hayotsiz qoladi. Xalq "œyurak oldirgan" iborasini ishlatganda, turli taloto’plar tufayli yaqin kishilaridan ajralib qolgan, ko’p jabru sitamlar ko’rgan, ayrim shaxslarning boshidan og’ir kulfatlarini kechirganligini, ko’ngli ozurda bo’lib qolganligini ko’zda tutadi. Sutdan og’zi kuygan — qatiqni ham puflab ichadi, maqolidagiday, bunday odam o’ta andishali, mulohazali, har narsadan shubhalanadigan, cho’chiydigan, qo’rqadigan bo’lib qoladi. Muqobili: "œyuragi urmay qo’ydi".
Yuragida dog’i qoldi. Yurak xastalanib, surunkali davolansa, uning biror yerida oldingi xastalik belgisi — dog’i (biror qora — qo’ng’ir nuqta) qolishi mumkin. Bu o’rinda ko’chma ma’noda bo’lib, og’ir dard, o’lim, yo’qotish, qattiq ruhiy iztirobdan so’ng yurakning ozurda bo’lib qolishi. Bu dardning, baribir, yurakdan chqimasligi tasviri. O’sma ketar, qosh qolar, deganday, dard ketar, uning dog’i qolar, deydi xalq. Uzilgan tor ulansa, chandig’i, ulog’i qoladi. Oradan gap qochib, so’ng tag’in yarashib ketilsa, uning og’ir iztirobi yuragingizda uzoq vaqt qolib ketadi.