Ассалому алайкум, Yurist!Заковат олий лига финал уйини скинлашиб келаётгани муносабати билан ва барчамиз учун азиз ва кадрли булган Мустакиллигимизнинг 17 йиллик байрами билан барчангизни муборакбод стаман.
Katta rahmat! Tilaklaringiz uchun!
Мен, III Заковат телевизион фестивали голиб командаси Андижон Давлат университетининг «A-Z» жамоаси уйинчиси Абдуллоев Обиджон буламан.
Bundan ham xursandman. "A-Z" jamoasi bizni yodimizda saqlanib qolgan. Juda kuchli jamoa. Asosiysi xoxishni va intilishni yo'qotmaslik kerak.
Менинг бу мактубни ёзишимдан асосий максадим, келгуси йил олий лига уйинларига саралаш уйинлари качон, каерда булиши ва у хакидаги барча маълумотларга сга булиш. Сиздан илтимос, мазкур мавзуни батафсил ёритиб берсангиз.Юксак схтиром ила, Обиджон Абдуллоев.
Savolingizga javob quyidagicha:
Oliy Liga-2009 ga saralash bosqichi sentyabr oyining ilk haftasidan boshlanadi. Festevalning kuchli uchligini qo'lga kiritgan
"A-Z",
"BuxDU" (Buxoro Davlat Universiteti) va
"Nurli istiqbol" (Toshkent shahar Soliq Akademiyasi) jamoalari va "Zakovat" klubining ichki reyting bahslarida eng yuqori o'rindagi
5 jamoa Oliy Ligaga chiqish uchun ekran orqali kurash olib boradi.
Bunda har bir o'yin tartibi o'zgardi. Endi bitta o'yinda barcha 8 jamoa ham ishtirok etadi. Markaziy stolda bir jamoa o'tiradi qolgan yettitasi chetda o'z javobini yozib beradi. Ular topshirgandan so'ng, stolda o'tirgan jamoa javbini og'zaki aytadi. Shu tariqa har bir jamoa bir martadan stol atofiga o'tirib, qolgan 7 marta esa chetda tugan holda ishtirok etadi.
Xozircha "Zakovat" klubi ta'tilda va yangi mavsumdagi faoliyatini hali boshlamagani sababli saralash bahslarining barcha shartlari aniq bo'lgani yo'q. Bu menda xozircha mavjud bo'lgan ma'lumotlar.
Agar biror yangilik bo'ladigan bo'lsa xabar qilaman.