Hozir men Jallolidin Rumiyning '' Ichindagi ichindadur'' kitobini o'qiyapman.''Ichindagi ichindadur'' Mavlono Rumiyning turli majlislarda bildirgan o'tlug' fikrlaridan tashkil topgan.Ushbu risolani o'qib inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, hayol va amal singari falsafiy tushunchalarni asl mohiyatini anglaydi kishi. Va hamma narsa O'zingizda, hamma narsa O'zingizdan ekanligiga yana bir bor iymon keltiradi. Asarni endi o'qiy boshlaganimda juda qiynaldim. Unda keltirilgan masala, voqealarning tub ma'nosini tushunish uchun bir betni qayta qayta o'qirdim. Hozir asarni tushunishim va anglashim ancha yengilashib qolgan.Agar imkoningiz bo'lsa sizlarga ham mana shu kitobni topib o'qib ko'rishlaringizni maslahat beraman.