Assalom aleykum yaxshi mavzu bo'libdi. O'zimni qaysi urug'dan ekanligimni endi berilib yozmoqchi edim bir qancha savollar tug'ilib qoldi menda. Chunki men Said Xo'jaman. Juda ko'p eshitamiz Xo'ja, Eshon Xo'ja, Said Xo'ja v.h.k aslida qiziqib ko'rilsa Xo'ja deganda payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v) ning avlodlari tushiniladi. Bizning shajaramiz ham mavjud u shajaraga har bir oilaning eng to'ng'ich o'g'il farzandining ism sharifi kiritiladi. Qarindoshlar ko'p, kim hohlasa shajaraning aynan o'ziga tegishli joyini ko'chirib olishi mumkin.Lekin men shajarani o'z ko'zim bilan ko'rmaganman chunki har kimgayam ko'rsatishmiydi:))
Menda mana shu borada ko'p savollar paydo bo'ldi mavzuni o'qib, agar kimni qanaqa fikri bo'lsa man shu borada ya'ni "Xo'ja"lik borasida be'malol fikr bildiringlar iltimos.Balki men ham o'zim bilmagan narsalarni bilib olarman. Bu orada o'zim ham oilamiz kattalaridan mana shu haqida so'rab ko'raman, shajaraning boshi kimdan boshlanganligi haqida ham qiziqib ko'raman.