Toshkentdaligimda Shuhratdan ( Chilonzor 11dan ) Metro M.Ulug'bekdagi ishxonamga piyoda ketardim.Yo'limda bankovskiy uylardegi adreslarga qarab ketardim.Bir uyni (domni) biqiniga "Mehr ko'chasi,19-uy" deb yozib qo'yilgan.Bir tarafdan o'sha paytlarni sog'inaman,qaytish biletimga qarab qo'yaman,qaysi kuni qaytsam ekan deb o'zimcha kunlarni mo'l qo'yaman.Ikkinchi tarafdan,vatanga qaytib borsamu,Istambulni so'ginarmikinman,dengiz sohilida kechki payt semichka chaqib o'tirganlarimni
sog'insam kerak deb o'ylab qolaman.Hayot yomon emas,o'zim yoqtirgan ishim bor,uyim-joyim tayin,hamkasblar yaxshi odamlar,lekin sog'inch yurak-bag'irni o'rtab yuborarkan.Ko'cha-ko'yda birorta oz'bekni uchratib qolsam,sal ko'ngil ko'tarilarmikin deb gap boshlashga harakat qilaman,lekin ular o'zlarini olib qochishga harakat qilishadi.Ba'zan o'zimdan o'zbeklarimiz chala turkchada mana bu joyga qanaqqilib borsam bo'ladi deb so'rab qolishadi
Manam turkcha javob beraman,ular tushunishmaydi.Shunda kulib,o'zbekcha tushuntiraman.Darrov nima ish qilishimni,qancha oylik olishimni,o'zlariga ish bor yo'qligini so'rashadi
Ehh devoraman ichimda.Va o'zbeklar nega mandan,yoki bir birlaridan qochishini tushinib yetganday bo'laman
Neyse deyilarmidi