Bir kuni Umar ibn Xattob qilichini yalang`ochlab, Rasulullohni o`ldirmoqni qasd qilib, oldiga ketayotganida yo`lidan Na`im ibn Abdulloh uchrab qoladi. Umarning holini ko`rib qayerga ketayapsan deb so`raydi, Umar ibn Xattob:
"œQurayshning olihalarini so`kkan, ilohni yagona deb payg`ambarlikni da`vo qilayotgan Muhammadni o`ldirish uchun ketayapman "œ deb javob beradi. Na`im :
"œAvval singling va kuyovingga qarasang-chi, ular Muhammadning diniga kirishdi-ku! " deydi. Umar yo`lidan qaytib, singlisining uyiga kelganida Xabbob ibn Art r.a Fotima va uning eriga Qur`on o`qib berayotgan edi. Umar eshikni taqillatadi. Fotima eshikni ochadi. Umar uyga kirmasdan oldin singlisidan Islomga kirgani haqidagi habarni rost yoki yolg`onligini surishtiradi. Keyin u kuyovini urib ketadi, buni ko`rgan singlisi u kishiga yopishadi. Umar singlisini turtib, uni ham qonga belaydi. Shunda singlisi yig`lab :
"œBizni urib o`ldirib yubor, lekin bu dindan qaytmaymiz " deb qat`iy turib oladi. Shunda Umarning Qalbi yumshab qilgan ishidan afsuslanadi. Singlisidan Qur`on oyatlari bitilgan varoqni tortib olmoqchi bo`lganida, U:
"œSen nopoksan g`usl qilmaguningcha buni ushlashing mumkin emas " deydi. G`usl qilib kelib varoqni qo`liga oladi. Unda "œToha" surasining quyidagi oyatlari bor edi.
"œSenga Qur`onni baxtsiz bo`lishing uchun nozil qilganimiz yo`q, Faqat (Robbisidan ) qo`rquvchi kimslarga eslatma qilib tushurdik. (Bu Qur`on ) yer va buyuk osmonni yaratgan Zot tarafidan nozil qilingandir"¦."
Umarning qalbida bir narsa shu`lalanadi. Bu shu`la Islom nurining uchquni edi. Bu uchqun kelajakda olovga aylanib, butun dunyoni zabt ettirishi kerak edi.
Shunda Xabbob berkinib yotgan joyidan chiqib, ey Umar, hursand bo`l, Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni haqingda "œAllohim, Islomni Umar bilan quvvatlagin" deb duo qilayotganlarini eshitdim" dedi.