O'tgan bo'lsada forumimizning ilg'or userlaridan biri bo'lmish Shoxjahon12 ni tug'ulgan kunlari bilan tabriklayman. O'ylagan barcha ezgu niyatlariga yetishiga tilakdoshman.
Tushunmadim. Mening tug'ilgan kunim 16 mayda.
Chalkashlik yuzaga kelganga o'xshaydi. Nima bo'lsa ham yaxshi niyatlaringiz uchun tashakkur, Y_U_R_I_S_T!!
Iye, uzr. Men
www.11x11.ru saytida Shoxjahon12 nomli userni ko'rib qoldim. Hoynahoy u siz bo'lsangiz kerak deb o'yladim. O'sha yerdagi tug'ilgan kun shunaqa ko'rsatilgandi. Ha, mayli, vaqtliroq tabrikladim deb tasavvur qilasiz.
Bugun saytimiz administratori
AbdulAzizning tug'ilgan kunlari! (Bu safar adashmadim menimcha
Ilohim ularga ishlarida rivoj va omadlar yor bo'lsin. Ota-onalarining baxtiga sog'-salomat bo'lib, o'ylagan barcha ezgu niyatlariga erishsinlar. Men ZiyoUz forumidagi barchauserlar nomidan va o'zimning nomimdan eng samimiy tilaklar ila tabriklayman.
Tavallud ayyomingiz qutlug' bo'lsin.
Bugun sizning tug'ilgan kuniz,
Davra yangrar ezgu tilakdan.
Do'stlarizdan biri bo'lib men,
Tabriklayman sizni yurakdan!