Bir kuni Afandi xasis qushnisining erta tongdan dod-faryodini eshitib qolibdi. Yugurib qushnisining hovlisiga chiqsa, boy buva molxonasi oldida "Voy dod, davlatimdan ayrilib qoldim" deb bir hovli bulib ukirib yig'lab yotganmish.
- Tinchlikmi qushni? Nega buncha ayuhannos solasiz? debdi Afandi
- Kuraysizmi qushni, davlatimdan ayrilib qoldim, men yig'lamay kim yig'lasin. - debdi.
Afandi qarasa boy buvaning sevimli eshagi harom qotib qolibdi.
- Ey, qushni. Otangiz ulganida bunchalik qayg'uga botmagan edingizku, bir jonivorga na muncha faryod.?
- Otam ulganidabunchalik qayg'uga botmagan edim, chunki otam bilan u dunyoda uchrashimni, kurishimizni bilaman, ammo davlatimdan butun umrga ayrildim. - debdi boy buva.
- Qushni qayg'urmang, kecha juma xutbasida eshitdim. Kishi u dunyoda eng yaxshi kurgan narsalari bilan, birga bular ekan. Bu jonivorga mehringiz bulakcha ekan, albatta u bilan u dunyoda birga bulasiz. - debdi Afandi