13-bob. Ota-ona mushrik bo’lsa ham yaxshilik qilish haqida
24. Sa'd ibn Abi Vaqqos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Alloh taolo Qur'oni karimdagi to’rt oyatni mening haqimda tushirdi. Onam: sen Muhammaddan ajralmaguningcha men hech narsa yemayman ham, ichmayman ham, deb qasam ichgan edi. Shunda Alloh taolo: "Agar ular (ya'ni ota-onang seni o’zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo’rlasalar, u holda ularga ito-at etma!.." Ammo ularga yaxshilik qilaverish buyurilgan. (31:15). Ikkinchi oyat: g’azotda olingan o’lja mollar ichida bir qilich menga yaxshi ko’rindi. Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan shu qilichni menga bering, deb so’raganim-da, Alloh taolo: "Sizdan (ey, Muhammad!)
o’ljalar haqida so’raydilar...", degan "Anfol" surasining 1-oyatini tushirdi. Uchinchi: men betob bo’lib qolgan vaqtimda Rasululloh (s.a.v.) ahvolimni so’ragani keldilar. Shunda men: "Yo, Rasulalloh, men mollarimni taqsim qilib qo’ymoqchiman. Shundan yarmini Alloh taolo yo’liga vasiyat qilsam bo’ladimi?" - deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Yo’q, bo’lmaydi", dedilar. "Bo’lmasa ularning uchdan birini vasiyat qilsam", deganimda Rasulullo? (s.a.v.) sukut etdilar. Mana shundan keyin mollarimning uchdan birini vasiyat qilish joiz bo’ldi . To’rtinchi: ansorlardan bir nechtasi bilan o’tirib ichkilik ichdik. Shunda ulardan bittasi tevaning iyagi bilan mening burnimga urdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borganimda, Alloh taolo ichkilikni harom qilib oyat tushirdi (2:219) , dedilar.
1 Vasiyat haqida oyat yoq, bu haqdagi hukm Rasululloh hadislari bilan sobit bo’lgan .
2 Bir qator mufassirlar ichkilikning ma’n etilishi uch bosqichdan iborat ekanligini ko’rsatib o’tganlar. "Umar ibn Xattob .